Youth Spring
Tushlik vaqti edi. Maktab oshxonasining eshigidan kirgan Minhyun kim bilan va qayerga o'tirishni o‘ylardi. Uning tashqi ko‘rinishi xotirjamdek tuyulsa-da, ich-ichidan har kuni bir kurash ichra yashardi. Hayoti unchalik murakkab emasdek ko‘rinsa-da, ota-onasining ajrashish arafasida bo‘lishi uni charchatgan edi. "Bu shunchaki ajrim", deb aytish — haddan tashqari soddalik, hatto axmoqona bo‘lardi. Chunki Minhyun bunday holatlardan allaqachon to‘ygan edi. U tinchlikni xohlardi. Boylik, shovqin va tashvishlarga to‘la hayotni emas. Ammo taqdir unga aynan mana shu hayotni taqdim etdi. Ba’zida inson tanlovsiz qoladi — shunchaki qabul qiladi, ko‘nikadi.
Ertalabdan boshlab uydagi janjallar yana takrorlandi. Minhyun esa bu munosabatlar tezroq yakun topishini istar edi. Bu nikoh na sevgi, na sadoqat asosida qurilgan edi — bu bir kelishuv, bir manfaat edi. Aynan shu kelishuvdan Minhyun dunyoga kelgan, yolg‘iz farzand sifatida. Vaqt o‘tgan sari onasi eri — Minhyunning otasiga chin yurakdan mehr qo‘ygan edi. Ammo otasi o‘zining ilk sevgisi tomon og‘di... Va nihoyat xiyonat.
Ajrim sababi ham o‘sha oddiy, ammo og‘ir so‘z bilan nomlanardi: "Xiyonat."
Minhyun hech kim bilan uchrashmagan — va uchrashishga tayyor ham emasdi. Lekin u juda chiroyli, e’tibordan tashqarida qolmaydigan yigit edi. Qizlar esa unga go‘yo magnit kabi tortilardi. Har kuni sevgi izhorlari, yashirin maktublar, sovg‘alar — bu unga odatiy hol bo‘lib qolgan edi. Ammo Minhyun hech qachon qizlarning qalbini o‘ynashni xohlamaydi. Chunki u har kuni onasining ko‘z yoshiga guvoh bo‘ladi — otasining xiyonati ortida ezilgan yurakni ko‘radi. Bu esa unga hayotda muhim saboq bo‘ldi.
Minhyunning nigohi ikki suhbatlashib ovqatlanayotgan qizlarga tushdi. U ularni tanidi — bu qizlar uning sinfdoshlaridan edi. Biroz ikkilanib turgach, u ular bilan birga o'tirishga qaror qildi. Qo'lidagi ovqatini stolga qo'yib, ulardan bo'sh stulga o'tirdi.
— Hayirli kun, qizlar, — dedi u muloyim va hushmuomalalik bilan.
— Salom senga ham, — dedi Semi, lablarini keng yoyib tirjayarkan.
Dahye esa, Minhyunning bu yerga kelishini kutganday sokin edi. Ular shu paytgacha faqat sinfda bir-ikki bora ko‘rishgan, ammo bu yerda, bu paytda — ularning taqdirida nimadir o‘zgarayotgandek tuyuldi. Ammo Dahye qolmadi. Ovqatini qo‘lga olib, ortga o‘girildi.
— Men to‘ydim. Yoqimli ishtaha, — dedi u ohangsizgina va ketdi.
— Hey, Dahye, qayerga?! Axir menchi?! — dedi Semi ortidan chaqirib.
— U men tufayli ketib qolmadi, to‘g‘rimi? — dedi Minhyun biroz hijolat bo‘lib.
— Yo‘q, aslo. U shunchaki begonalar bilan gaplashishni yoqtirmaydi. Mayli, men seni bilan tanishaman. Gapir, — dedi Semi yana tabassum bilan.
— Ha, yaxshi, — dedi Minhyun, lekin u allaqachon Dahyenin ortidan qarab qolgan edi. Chunki, ha, u qizni bir ko‘rishda yoqtirib qolishga ulgurgandi. Balki bu — birinchi sevgi bo‘lishi mumkin edi.
FLASHBACK – bir necha soat oldin.
Minhyun sinfga endi kirgan payt.
Yigit sinfga qadam qo‘ygan zahoti har bir o‘quvchiga diqqat bilan qarab, ularni ichidan kuzata boshladi. Nigohi esa bir burchakda o‘tirib, oyog‘ini qimirlatib asabiylashayotgan qizga tushdi. U chindan ham chiroyli edi. Hatto asabiylashish holati ham unga yarashardi.
Shu ondayoq Minhyunning yuragi jiz etdi.
— Men u bilan do‘stlashmoqchi edim, lekin... bilmadim, ehtimol bunga imkonim ham yo‘qdir, — dedi Minhyun past ovozda, boshini egib.
— Hey, nimaga bu qadar jiddiy bo‘lib qolding? Yo‘qsa, uni yoqtirib qoldingmi? U seni baribir rad etadi. Bilasan-ku, u o‘qishdan boshqa narsani o‘ylamaydi, buni hammaga aytgan. Menimcha, senga ham shunday javob beradi, — dedi Jeon Semi biroz kinoya bilan.
— Yo‘q, unday bo‘lmaydi. Men... men boshqacha bo‘lishga harakat qilaman. Jeon Semi, sen bilasan-ku, unga qanday yigitlar yoqadi? — dedi Minhyun, yuzida umidga to‘la ifoda bilan.
— Hm, o‘ylab qarasam, unga tartibli, o‘qimishli, mas’uliyatli yigitlar yoqadi. Lekin ehtiyot bo‘l, u juda sezgir, har narsani yuragiga oladi.
— Bu haqida tashvishlanma. Lekin... iltimos, men haqimdagi his-tuyg‘ularimni unga aytma. Bu sir qolishi kerak, yaxshi mi? — dedi Minhyun jilmayib, lablaridagi tabassumda nimadir mehr bor edi.
Kunlar o‘tgan sayin, Dahye undan qochishga urinar, ammo Minhyun unga asta-sekin yaqinlashaverardi. Hali sevgi izhori qilmagan bo‘lsa-da, u darslarda imkon qadar Dahye bilan birga ishlashga harakat qilar, qizni ko‘rganida yuragi joyidan chiqib ketadigandek urardi. Taslim bo‘lish? Bu so‘z Minhyunning qalbida mavjud emas edi.
Dahye esa, nima qilishni bilmay charchagandi. Qanchalik uzoqlashmasin, Minhyun go‘yo elimdek ergashaverardi. Aslida bu unga yoqardi, lekin baribir... undan qochish uchun uni ranjitishga harakat qilardi.
— Meni tinch qo‘y! Menga sendaylar yoqmaydi! Eshitdingmi? Sen shunchaki... cringesan! — dedi Dahye, ko‘zlarini chaqnatar ekan.
Minhyun bo‘lsa, sovuqqonlik bilan javob qaytardi:
— Qanday deb o‘ylasang, o‘ylayver. Lekin eslab qol: men sen bilan do‘st bo‘lishni istayman. Va men... agar kimnidir chin dildan yoqtirsam, uni hech qachon qo‘yib yubormayman.
— Jin ursin seni! — dedi Dahye, sport zalidan g‘azab bilan chiqib ketarkan. Uning burni qizarib, lablari titrardi... u asabiylashgan, ammo yuragi boshqa narsa deya shivirlayotgandek edi.
Dahye erta tongda, xona ichiga shivirlay kirib kelayotgan quyosh nurlarida o‘zini go‘yo boshqa bir olamga ketayotgandek his qilardi. O‘rtacha hajmdagi jamadoniga ehtiyojli narsalarni ehtiyotkorlik bilan joylab chiqarkan, yuragi g‘alati taranglik bilan urar, nimadandir havotir edi.
To‘satdan eshik ochilib, ichkariga otasi — Janob Seo kirib keldi. Uning yuzida har doimgidek sokin, ammo chuqur mehr bilan to‘la ifoda bor edi.
— Qizim, senga qancha kerak bo‘ladi?.. — dedi u biroz ikkilanib.
— Hammasi maktab tomonidan qoplangan... faqat o‘zim uchun... 100 ming won yetarli bo‘lsa kerak... lekin hozircha kerakmas ham... — dedi Dahye, gapini tugatishga ulgurmasidan, otasi cho‘ntagidan ikki dona 50 ming won chiqardi-da, qizining kaftiga joylashtirdi.
— Mana, ol. Yaxshi dam olib kel. Men seni do‘stlaringdan kam bo‘lishingni istamayman, Dahye.
Shu lahzada qizning yuragi yumshab ketdi. O‘zini ota bag‘riga tashladi.
— Raxmat, dada... Yaxshiyam siz borsiz, — dedi pichirlab.
Ota va qiz bir zum bag‘riga bosilib turishdi. Bu sokin, ammo yurakka o‘tirgan lahzaning qadri barchasidan ortiq edi.
Janob Seo — oddiy odam. U kichik bir restoran egasi, restoran binosi esa ijarada. Har oy ijara puli, oz miqdordagi mijozlar va ba’zan daromaddan ko‘ra ko‘proq chiqim... Ammo u yuragidan shukur so‘zini ayirmaydi. Asosan an’anaviy koreys taomlari tayyorlaydi, u mohir oshpaz. Ammo bu hayot — ularning tanlovi emas, ularning imtihoni.
Dahye eshikdan chiqarkan, dugonasi Semi yo‘lning narigi tomonida paydo bo‘ldi. Qizning ko‘zlari charaqlab ketdi. Bugungi tong boshqacha edi — havo ochiq, mayin shamol yengilgina yuzni silab o‘tardi. Quyosh o‘zining zarrin nurlarini yer uzra mehr bilan yoyar, go‘yo "hammasi yaxshi bo‘ladi" degandek.
Mashinalar kam, odamlar esa turlicha: kimdir ishga, kimdir bedarak, kimdir hayot yo‘lida o‘z haqiqatini izlab yo‘lga chiqqandek.
— Bugun... bugun men o‘sha ta’qibchi bilan ilk bor uchrashadigan kunim. Yo‘q, men unga duch kelmasligim kerak, yo‘q! — dedi Dahye o‘ziga ovoz chiqarib.
— Nimadir dedingmi? — dedi Semi, boshini unga burib.
— Yo‘q, hech narsa. Yuring, avtobusga kech qolamiz, — dedi Dahye shoshib.
Maktab hovlisiga yetib kelishlari bilan, sayohatga tayyorlangan bolalarning sho‘x-shodon ovozlari atrofni to‘ldirdi. Bitiruvchilar, xuddi hayotning muhim burilishida turganlaridek, hayajonli va g‘am-xursand edi. Albatta, Minhyun ham u yerda edi.
— Qani, hamma avtobusga joylashsin! Yuklaringizni bagajga topshiring! — dedi maktab direktori baland ovozda.
Qizlar Semi bilan birga o‘tirmoqchi edi, ammo kutilmaganda Minhyun, xuddi taqdirning o‘zi unga o‘rta yo‘ldan imkoniyat bergandek, ularning o‘rtasiga joylashdi. Semi esa, bu vaziyatga shunchaki jilmayib qo‘ydi-da, boshqa do‘sti — Sunghoon bilan joylashdi.
Dahye yuragining ichkarisida begona bir quvonch chaqnaganini his qildi, ammo yuzida sovuqqonlik niqobi: go‘yo undan nafratlanayotgandek... yurak esa bunday sirlarga bo‘ysunmasdi — qattiq urardi, o‘z ovozida baqirayotgandek: "U seni sevmoqda!"
— Menga sayohat qilish yoqadi, — dedi Minhyun, ko‘ngilli ohangda, va qo‘lida ushlab turgan qulupnayli sutni Dahyega uzatdi.
— Menga esa... yoqsa ham, avtobusda o‘zimni yaxshi his qilmayman. Yaxshisi sen boshqasining yoniga o‘tirganding... — dedi Dahye, sutni olib, ko‘zlarini oynadan boshqa tomonga qaratib.
— Agar ko‘ngling aynisa, menga ayt. Men qopcha olib chiqqanman, har ehtimolga qarshi. Demak, yaxshi qilibman, — dedi Minhyun mamnun bir tabassum bilan.
— Xaa... ajoooyib... — dedi Dahye asabiy, lekin yuragining ichida qandaydir iliqlik tobora o‘sib borardi.
Avtobus to‘la sho‘xlik va quvonchga to‘lib ketgandi. Kimdir qo‘shiq kuylardi, kimdir mafiya o‘yinida shubha bilan do‘stiga tikilgan, kimdir esa har qog‘ozda o‘zini izlagan. Ammo Minhyun... u faqat Dahyega qarardi. Uni ko‘zlari, har bir holati — yuragini tortib olayotgandek edi.
Dahe va Minhyun bir lahza bir-birlariga uzoq tikilishdi, bu nigohlar “seni sevaman” deya turardi. Ammo bu sevgi, bu munosabatlar ohiri yomonlik bilan tugashini Dahegina bilardi. U buni his qilardi — yuragining tubida allaqachon yozilgan bitik bor edi: “U ketadi.” Ammo shunga qaramay, u nigohidan bosh tortmadi.
Minhyun biroz ikkilanib turdi, ammo yuragidagi ichki tovush unga najotdek shivirlay boshladi. "Endi yoki hech qachon." U ohangraboday tortayotgan qizga yaqinlashdi va lablarini... titrayotgancha Dahega yaqin olib bordi. Ammo to lablari tegay deganda, Dahe qo‘lini yigitning ko‘kragiga qo‘yib, uni asta to‘xtatdi.
— Bo‘lmaydi... — dedi Dahe sekin, yuragi og‘risa-da, ko‘zlarini chetga olib. — Senga achinaman. Chunki bu sevgi senga faqat og‘riq olib keladi. Men senga zarar yetkazishni istamayman.