𝐌𝐘 𝐂𝐇𝐎𝐈𝐂𝐄
Tashqarida osmon jim edi. Yomg‘ir yog‘ayotgandek tuyulardi, lekin bu faqat Mina yuragida yog‘ayotgan sog‘inch edi. Uning ko‘zlari ekran nurida jimirlab turgan telefon ekraniga qadalgandi. So‘ngi xabardan so‘ng hech nima kelmadi. Na bir so‘z, na bir izoh. Faqat sukut.
U yotoqxona derazasidan uzoqqa tikildi. "Nega bu qadar jim qolding?" degan savol qalbini tilka-pora qilardi. Taehyung uni rad etgani — buni aytishi emas, aytolmagani ko‘proq azob berardi. Bu rad javob emasdi. Bu — majburiyat edi. Va Mina buni yuragining eng chuqur qatlamida his qildi.
U yostiqqa bosh qo‘yar ekan, ich-ichidan bir narsa uzilgandek bo‘ldi. Endi orzu qilgan sahnalar, so‘zlar, uchrashuvlar faqat xayolida qolardi. Ular hech qachon to‘liq yaqin bo‘lishmagan, lekin... yuraklari bir lahzaga bo‘lsa-da, bir ritmda urgan edi-ku.
— "Senga og‘irlik bo‘lishni istamaganman," — deya pichirladi u o‘ziga. — "Lekin sen menga og‘irlik qilganingda ham, men hech qachon senga orqa qilmagan bo‘lardim."
Ko‘zlaridan tinmay yosh oqardi. U hech kimga aytmagan, hech kimga ko‘rsatmagan muhabbatidan o‘zi voz kechdi bu kecha. Qandaydir kuchli sukut bilan.
Taehyung deraza yonida turardi. Qo‘llari muzlab qolgan, yuragi esa yondirib yuborgudek qizigan edi. Telefonidagi oxirgi xabar ochiq qolgan — Mina yozgan, oxirida faqat bitta savol: "Nega?"
Nega?.. U javob bera olmasdi. Chunki haqiqatni aytsa, bu uni sindirardi. Uni rad etganda, o‘zini ham rad etgandi. Chunki u ham sevard... Hali hech kimga sevmaganidek. Lekin... bu sevgi ruxsat etilmagan edi. Uning hayoti allaqachon boshqalarning qo‘liga topshirilgan. Brendlar, jadval, shartnomalar, Otasi-yu soxta sobiq qiz do'sti va yarim yurak, .. yuragida joy qolmagan edi, qolgan bo‘lsa ham — unga Mina joylashgan edi allaqachon.
— “Men seni yo‘q qildim...” — deya o‘ziga pichirladi Taehyung, xuddi bu so‘zlar ichini teshib o‘tayotgandek. — “Men seni saqlab qolish uchun emas, o‘zimdan itarish uchun harakat qildim. Men yutdim. Ammo bu g‘alaba emas... bu yo‘qotish.”
U Mina ko‘zlaridagi o‘sha mehrni esladi. U hech narsa talab qilmagan. Faqat yonida bo‘lishni istagandi. Va Taehyung buni rad etgandi. Ataylab emas, majburan. Faqat orqaga chekinish unga Mina xavfsizligini kafolatlardi. U o‘zini bu sevgiga loyiq deb bilmasdi.
Telefon ekranini o‘chirarkan, yuragi yana bo‘shab ketdi. U qanchalik mashhur bo‘lmasin, ichki dunyosi sinib ketgan bir oddiy inson edi. Va bu kecha — u o‘z orzusidan voz kechgan edi.
Sukut bilan. Sog‘inch bilan. Sevgisiz emas, sevgiga qarshi.
Taehyung butun bir hafta davomida kompaniyadan, jamiyatdan, hatto o‘zidan ham uzoqlashdi. U shahar chetidagi kichik, silliq devorlari va qattiq sukutli atrofi bilan ajralib turadigan shaxsiy uyiga joylashdi. Ushbu joy unga yolg‘izlikni eslatmas, aksincha tinchlik berardi — lekin bu safar... bu sukut qiynardi.
Kun bo‘yi u yotdi. Yonida faqat bir piyola qora qahva va labida qotib qolgan sukunat. Telefonini o‘chirgan, derazalarni yopgan. Qog‘ozlar, eslatmalar, bir paytlar yozilgan Mina bilan bog‘liq so‘zlar stolning bir chetida yotardi — yirtiq, yarmi ho‘l, ammo ularni yo‘q qila olmasdi.
U Mina haqida o‘ylamaslikka urinardi. Lekin Mina uning tanasida emas, yuragida joylashib bo‘lgandi. Har safar ko‘zini yumsa, o‘sha ovoz — o‘sha nigoh. Har eshik ochilgandek tovushda, qalbi irg‘ib ketardi — go‘yoki u keldi, lekin yo‘q... faqat xayol.
— “Men tanladim, Mina... va men bu tanlov uchun qiynalaman,” — deya pichirladi u o‘ziga qarata, sado chiqmaydigan xonada.
Tashqarida yomg‘ir yog‘ardi. Ichkarida esa ko‘z yosh — ko‘rinmas, ammo yurakni ezuvchi.
Mina ofisda yolg‘iz qoldi. Taehyung yo‘qligi go‘yoki butun qavatni sukunatga botirdi. Kompaniyada hamma o‘z ishi bilan band, ammo Mina yuragidagi bo‘shliq hech bir “meeting” bilan to‘ldirilmasdi.
Taehyung ketganidan beri o‘tgan etti kun — go‘yoki yillar.
Har kuni ertalab kofesini olib, Taehyung o‘tiradigan joyga qarab qo‘yadi. Bo‘sh stul. Toza stol. Va yana o‘sha ko‘z yoshlari.
— “Nega hech nima demay ketdi?.. Menimcha... u menga ishonmadi,” — degan fikr har kuni miyasini teshardi.
U har safar telefoniga qaraydi — hech qanday xabar yo‘q. Hech qanday izoh, tushuntirish, sababsiz ketish.
Ish kuni oxirida ofis eshigi ochildi. Hammaning nigohi o‘sha tomonga qaradi.
Taehyung edi. Lekin... o‘zgargan.
Sochlari biroz o‘sib ketgan, ko‘zlari charchagan, lekin ichida bir qaror bilan qaytgandek. Boshqa odam edi — yoki his-tuyg‘ularga yon berib, o‘zini yo‘qotgan odam.
Mina unga tik qaray olmadi. Yuragi urar, lekin oyoqlari qotib qolgan.
Taehyung bir necha qadam tashladi. To‘g‘ri Mina qarshisiga bordi. So‘zsiz.
U ko‘zlarida yosh bilan asta dedi:
— “Men hamma narsadan voz kechdim, lekin sendan voz kecholmadim.”
Mina esa qotib qoldi. Bu izhor... bu yurakdan otilgan bir jumla uni butkul larzaga soldi. U yutindi. Yuragi baqirib yuboray derdi.