July 27, 2019

DroneSchool 4-dars: Moliyaviy model.

U Khasanov

<<Oldingi darsga o`tish

Moliyaviy model deyilganida bu - kundalik hayotda ishlatiladigan pullarimizni reja bilan ishlatishimiz, tejashimiz, kimga qancha pul berishimiz kerak va kimdan qancha pul olishimiz kerak...


Ulug`bek Hasanov

Moliyaviy model nima uchun kerak?

Umuman ko`pchilik moliyaviy tarafni rejalashtirmaydi, bu judayam xato narsa. Rejalashtirsangiz oson bo`ladi, vaqtingiz ham tejaladi. Shuning uchun barcha ishlarda moliyaviy model qilishni maslahat beraman.

Moliyaviy model qanaqa bo`ladi?

Moliyaviy modelda ikkita jadval qilinishi kerak bo`ladi. Birinchi jadvalda pul kirimi ya'ni ichki kirimni oqimini ko`rsatish kerak. Bunda sizda aytaylik yuzta o`quvchi bor, yuzta o`quvchingizni o`rtacha cheki qancha, o`rtacha chek deganda misol uchun uchta ta'rifiz bo`lsa bittasi 100$ bo`lsin, bittasi 150$ bo`lsin, bittasi 180% bo`lsin. Ko`pincha 150% lik olinadi, o`rtacha chek 140$ bo`lishi mumkin, 155$ bo`lishi mumkin. O`rtacha chek olinib 100 ta o`quvchiga bo`lish kerak bo`ladi. Shunda o`rtacha chek kelib chiqadi.

Ikkinchi jadval bu pul chiqimi, ya'ni bir oylik muddatni oladigan bo`lsak, bir oyda sizni onlayn maktabingiz qancha pul o`zidan tashqariga chiqardi: oyliklar, ijara haqlari (agar onlayn maktab uchun ofisingiz bo`lsa), internet uchun to`lovlar, studia ijarasi, videomontaj uchun, platforma arendasi, kommunal to`lovlar... lekin o`zingizning shaxsiy chiqimlaringizni bunga dahli bo`lmasligi kerak.

Sizga topshiriq: O`z tasavvuringizda onlayn maktabingiz ta'riflarini yaratib, o`rtacha chekni aniq hisoblab chiqing.