July 26, 2019

DroneSchool 1-dars: Kirish. Yo`nalish tanlash.

U Khasanov

Sizni birinchi blokda ko`rib turganimdan hursandman! Bugun siz kirish qismi, onlayn maktablar to`g`risida tushuncha va yo`nalish tanlashni o`rganasiz.

Kirish qismida asosan onlayn maktablar nimadan tashkil topadi va nimadan pul ishlanadi...

Ulug`bek Hasanov

Onlayn maktab o`zi nima? Onlayn maktabda sizning bilimlaringiz va sizning ekspertlaringizning bilimlari onlayn tarzda o`quvchilargacha yetib boradi va siz o`quvchilar orqali pul ishlab topa boshlaysiz.

Monetizatsiya bu - pul ishlash. Monetizatsiya o`quvchilar (xaridorlar) orqali yuzaga keladi.
Monetizatsiya har-xil bo`lishi mumkin: onlayn maktablarda siz o`zingiz
bilim berishingiz mumkin; yoki ekspertlarni yollab, natijalarini ko`tarib ulardan monetizatsiya olishingiz mumkin.

Nima uchun barcha onlayn maktablardagi kurslar bepul emas pullik degan savollar tug`iladi. Biznes tamonlama qaralsa pullik bo`lishi tabiiy hol. Psihologik tamonlama odam pul to`lasa pul sarflagan narsasini qadri oshadi. Kursni pulga sotib olish bo`lsa, kursni o`zlashtirish uchun judayam yaxshi asos bo`ladi.

Onlayn maktablardan qancha pul topsa bo`ladi? Cheksiz miqdorda pul topolamiz. Bu yerda hech qanaqa ramkalar, cheklovlar bo`lmaydi.

O`zbekistonda judayam ko`p mutahassislarimiz bor, lekin ular tehnik, matketing tamonlaridan xabarlari yo`q. Webinar qilishni bilmaydi.

Aytaylik sizni bir ekspertingiz bor. U oshpaz. Uni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilari aytaylik 50 000 tadan ziyod. Siz unga onlayn shkola qilib daromadini oshirishni taklif etasiz. Barcha kontent, marketing, texnik tamonlarini o`z zimmangizga olasiz va undan o`z auditoriyasida onlayn maktab ochganligini e'lon qilishini so`raysiz. U o`z auditoriyasiga kimda-kim uydan chiqmasdan onlayn tartibda ovqat pishirishni o`rganishni xohlasa oshpazlik bo`yicha qilingan o`quv kursini sotib olishni taklif qiladi.

Siz shu yo`sinda davom etasiz. 50 000 ta odamdan aytaylik kursingizni 1000 ta odam sotib oldi deylik. Kursingizni o`rtacha narxi bu 50$ bo`lishi mumkin yoki 40$ bo`lishi mumkin. O`rtacha narx deyilganda 3 tarif bo`lsa, shu tariflardan o`rtacha narxni olasiz. Misol uchun birinchi tarif 50$ dir, keyingisi 30% dir, keyingisi 60% bo`lsa , shunda o`rtacha narxi 50$ yoki 60% bo`ladi. 50 000 ta odamdan 1000 tasi olishini ehtimoli judayam yuqori. Chunki webinar va boshqa sotuv instrumentlari bor. Bu haqda keyinroq. Demak, 1000 ta odam kursingizni sotib olsa, bundan sizga qancha miqdordagi pul kelib tushishini judayam yaxshi tushunib turibsiz.

Onlayn maktabni texnik ma'suliyatlari:
tasvirga olish jarayonlari, marketingi, reklamalari va sotuv instrumentlari.

Kontent - o`qitish kurslari. Kontent matn, audio, video va onlayn orqali master klasslar-u, jonli eferlar.

Imkon qadar auditoriyasi keng mutahassislar bilan hamkorlikda ishlash talab qilinadi, chunki shunda sotuvlar hajmi o`sib boradi.

Yo`nalish tanlash 2 guruhga bo`linadi:

A guruhi va B guruhi.

A guruhida sizga unchalik katta bo`lmagan daromad kelib turadi. O`quvchilaringizga esa daromad keltirmasligi mumkin. Unday yo`nalishdagi kurslar, masalan, gullarni parvarishlash yoki pishiriq pishirish onlayn maktabi bo`lishi mumkin. Bulardan tashqari yana fitnes bo`yicha onlayn maktab va yoki musiqa bo`yicha onlayn maktablar. Bularni soni chegaralanmagan, ekspertlarni topib onlayn maktab qilish mumkin.

B guruhida bo`lsa odamlarni daromadini oshishiga sabab bo`ladigan onlayn kursalar mujassam bo`ladi. Masalan, sizni kursingizni sotib oldi va kursingizda o`qib-o`rganib keyingi oyda oldingi daromadiga qaraganda hozirgi daromadi 2 barobarga o`sdi. Ushbu guruhdagi kurslar odamlarni daromadini oshiradi. Bu kurslar: telegramda pul topishni o'rganish bo`lishi mumkin, onlayn maktablar yaratib ularda pul topish bo`lishi mumkin. Til o`rganish kurslarini ham daromadga fokus qilib, odamlarga upakovka qilib yetkazib bersa bo'ladi. Misol uchun, bu oyda men 1000$ topdim, men keyingi oyda chet tillarini o`rganib chet ellik biznesmenlar bilan hamkorlik qilish uchun chet elga bordim va ular menga bir necha dollar sarmoya kiritishdi. Keyingi oyda meni daromadim 2000$ dan yuqori darajada o`sdi.

Yo`nalish tanlashda muhim ahamiyat kasb etadigan jihatlar: o`zingizga qiziqarli bo`lgan yo`nalishdan borish, bozorni o`rganish, analiz qilish va yana yo`nalish tanlashda kerak bo`lgan barcha ishlar...
Qachonki odamlar sizning kursingizni hech ikkilanmasdan olsa, bilingki siz ideal kurs yarata oldingiz.

Sizga topshiriq: O`zingiz ochmoqchi bo`lgan yo`nalishda 5 ta onlayn kursni tanlab oling va ularni tahlil qilib chiqing.Tanlagan yo`nalishingizni izohlang, nima uchun shu yo`nalishni tanladingiz, odamlarga qanday foyda keltiradi, qanday muammolarini hal qilib beradi va

Odamlar nima uchun sizning kursingizga pul to`lashlari kerak?

Tanlangan 5 ta onlayn kurslardan oxirida 1 tasini tanlab oling.

Keyingi darsga o`tish>>