September 20, 2025

SCHIZOPHRENIA:MIRAI

BU HIKOYA HAYOTIY VOQEAGA ASOSLANGAN. BAZI JOYLARI YOZUVCHINING HAYOL MAHSULI‼️‼️‼️
-u tez orada yoningizda bõladi.
Qõng'iroq yakunlandi. Meni ichimdagi qõrquv va hayrat yanada oshib bormoqda. Shunchalik qõrqqanimdan hatto bir sõz deyolmadim,qõlimdan qõlingni tort deb aytolmadim. Qanday zaif insonmana. Oldin qanday edim....Pul..pul har narsaga qodir ekanini kech tushundim. Oldinlari hatto shunday barzangilar meni qõriqlardi. Endichi... oxiri õzimda kuch topdim. Ularga yuzlandim.
-"sizlar kimsizlar. Meni qayerga olib ketyabsizlar".-avvaliga javob qaytmadi. Keyin yana sõradim.
-"hoy õzi eshityabsizlarmi javob bering."
Ikkinchi marta sõraganimda menga javob keldi.
-biz shunchaki ishchilarmiz. Buyruqni bajaryabmiz. Bu shefni buyrug'i. Iloji bõlsa gapirmay keting bu õzingizga foyda.
Endi ichimdagi qiziqsih battar avj oldi. Ularni shefi kim?nega bular menga gapirmaslikni tayinlayabdi? Mayli vaqt oliy hakam. Nima bõlsa peshonamdan kõraman. Biroq ota-onamchi. Ular nima qilayotgan ekanlar. Kecha uyda hatto oziq ovqat ham tugagandi. Endi nima bõladi. Bir amallab qochishim kerak.

Mashina bir joyda tõxtadi. Mashina oynalaridagi tanirovka sabab yõlni payqash va eslab qolish qiyin. Ammo bir narsani payqadim. Biz shahardan chiqib ketmadik. Nihoyat mashina eshiklari ochildi.
Bu uy emas saroy edi. Uy ichiga kirmasdan uning salovati odamni saksoninchi yillarning atmosferasini his qildirardi. Biroq bu joy manga qamoqdek tuyuldi. Darvozlar va asosiy eshik oldida qõriqchilar turardi. Men õylardimki bular nima bir shoxni qõriqlayabdimi.
Mos rasm topolmadim
Barzangilar meni oldinga boshlab borardi. Biroq darvozadan kirishim bilan õq ovozlarini eshitdim. Yuragim qinidan chiqay derdi. Qõrqqanimdan yerga õtirib oldim. Oldimdagi ikkisi meni turg'izib ichkariga olib kirishdi.
Biz qizil gilam tõshalgan zinalardan harakatlanardik. Qandillar ular ham eski uslubda biroq jozibakor edi. Bu uy sohibi juda didli ekan degan tõxtamga kelgan edim. Ammo biroq avval eshitgan ovozim bu fikrimni inkor qilardi.
Taxminan shunday
Bir xonaga kirdik. U yerga kirishim bilan polda yotgan jasadga tushdi. Nafasim ichimga tushib ketti. Xona õrtadagi kursida oyog'ini chalishtirib yuzida niqob bilan bir yigit õtirardi. Miyyamga bir taxmin keldi. Ammo bu taxminim rost chiqishini hohlamayman. Yerga qarab turardim.
-"nimani kutib turibsizlar U yerda yoki birinchi kõrishingizmi. Sen"-u menga ishora qilganini sezdim.
-"yonimga kel."-Yn sõzsiz qaltiragan oyoqlari bilan uni yoniga borardi. Har bir qaltis harakat zararga ishlashi mumkin. Bu xonadagi barcha hatto nafas olishga qõrqardi. Xonadagi havo qattiq. Yuraklarni qõrquvdan urishi ayon bõlib turibdi. Yn uni yoniga bordi va õzida kuch tõplab yuziga qaradi.

nn..n..Nima Junkook sen...Sen bu yerda nima qilyabsan. Nega meni bunday olib kelishlarini aytting. Axir menga ishonmasligingni aytganding naxot fikring õzgargan bõlsa."
-"qizaloq men Junkook emasman. Men Miraiman. Kutmaganmiding. Tõg'risini aytsam meni tanimasang kerak deb õylagandim. Qoyil. Hõsh hõsh hõsh. Ishonishimga keladigan bõlsak men buni atayin qilgandim. Õyin maqul keldimi"
Uning gaplari hozir mening qulog'imga huddi ertak kabi eshtilardi. Ahir ahir Mirai. Men bu kim ekanini bildim. U õzining ajabtovur jinoyatlari va qotilliklari bilan juda mashhur. Hatto unga davlat organlari ham bas kela olmagan. Ammo qanday qilib ular buni payqamagan. Ahir u shunday burnini oldida bõlgan.
-"endi senlar chiqib turlaring. Mana buni ham olib ketinglar kõzim kõrmasin."

Barzangilar haligi jasadni kõtarib olib ketishdi. Yn va Junkook endi xonada tanho edilar. Junkookni kiyimiga biroz bõlsada qon tomchilagan edi. U shimining chõntagidan sigareta va jajigalka(õzbekchasini bilmadim) chiqarib uni tutatdi. Va hotirjamlik bilan Yn ni yoniga yaqinlashdi. Uning quloqlariga yaqinlashdi.
-"seni kompaniyang birdaniga kasod bõldi deb õylaysanmi. Õzing õylab kõr,birdaniga hammasi orqaga ketti. Sevgilingni birdaniga senga ishonmasligi. Bu meni sen uchun tayyorlagan sovg'am edi. Qaragina sen hatto men seni kuzatganimni ham sezmagansan. Seni ofisingga kirib hujjatlarni sohtalashtirgan ham menman sen axmoq bõlsa hamma siringni hali yaxshi tanib ulgurmagan insoningga ayttinga. Hõsh hõsh Felix u shunchaki men yonlagan aktyor holos. Endi tushungandursana. Sen meni qõlimda shunchaki õyinchoq eding. "

𝗪𝗿𝗶𝘁𝘁𝗲𝗻 𝗯𝘆 𝗦𝘂𝗻𝗮