GOT U
"Junkook."-"dedi Maya shivirlab.
Jk boshini kõtarib qaradi. Qarasa Maya uyg'ongan. Yig'lab uni quchdi. Iforidan tõyib tôyib nafas oldi. Kõzlariga ishonmasdi.
Maya bu ishdan ham quvondi ham kõzlariga yosh keldi. U uchun birinchi marta kimdir qayg'urdi. Bu juda yoqimli his edi. Kimgadir kerakligingni sezish juda ajoyib. Maya hissiyotlarga berilib yig'lab yubordi. Mayaning kõzlaridan tõkilgan yosh Junkookni yuziga tegdi sababi Junkook Mayaga juda yaqin edi. Mayaning yig'laganini kõrgan Junkook ôzini aybdordek sezdi va boshini kõtarib Mayaning yuzini mayin artti. Gaplar aldashi mumkin lekin kõzlar... ular doim haqiqatni sõzlaydi. Junkookni kõzlari hech oldingidek emas edi. Qanaqadir unda doim yonib turadigan olov sõngandek. Maya buni tezda sezdi. Unga tikilib turdi.
-"Nega qarab qolding ohu kõzim?"
-"Sizni kõzlaringiz... ular oldingidek yonmayabdi. Huddi sõngan chõg'dek. Muomalangiz ham oldingidek sovuq emas. Huddi yosh bolaga ôxshab qolibsiz.
-"ahh mening Mayam. Seni bir kun kõrmasam huddi ôlgan odamdek bõlib qolaman. Mana shu õtgan sensiz 3 kunim 3 yilga tatidi."-bu gaplarni gapirarkan Junkookni kõzidan yosh tôkildi bunga esa Mayani yuragi og'ridi.
Maya hech narsa deyolmadi. Tiliga kelgan so‘zlar ham ko‘z yoshlariga g‘arq bo‘lib, yuragida tiqilib qoldi. U faqat Junkookni mahkam quchdi. Uning yurak urishi Mayaning yuragiga urilib, tinchlantirayotgandek edi.
Junkook Mayaning uzun sochlariga yuzini yashirib, jim o‘ksinardi. Uzoq jimlikdan so‘ng, Maya uning yuzini ikki qo‘li bilan ushladi va muloyim ohangda dedi:
—" Men seni yo‘qotaman deb o‘yladim... Har safar sen haqingda yomon xabar eshitaman deb qo‘rqdim".
Junkook patga qarab turardi,go‘yo u o‘zini kechirolmayotgandek, Mayaning gaplaridan yuragi battar ezilib borardi.
— "Men senga og‘riq berdim, Maya. Men seni yolg‘iz qoldirdim. Seni har safar himoya qilaman deb aytgan edim-ku... lekin... senga har soniyada azob berdim hatto kaltakladim... Men yomon odamman..."
U so‘zini tugatolmay yana jim bo‘lib qoldi. Uning ovozi titrardi, ko‘zlarida chuqur iztirob yotar edi. Maya esa uning yuzini kaftlari bilan silab, ko‘z yoshlarini artdi.
— "Bilasizmi," — dedi Maya pichirlab, -"meni hayotimda birinchi bor kimdir meni chin dildan o‘ylayotganini sezdim. Bu tuyg‘u bu hissiyot... hech qachon unutolmayman. Agar ssiz yonimda bo‘lsangiz, men boshqa hech narsadan qo‘rqmayman."
Junkook asta boshini ko‘tardi. Ko‘zlari hali ham xira, ammo ularda endi bir nur chaqnayotgandek edi. Umid... sevgiga o‘xshash bir issiqlik. U Mayaning qo‘lini o‘z qo‘llariga olib, sekin lablariga bosdi.
—" Menga ikkinchi imkon ber, Maya. Meni yana sevishga harakat qil... Men bu gal hammasini to‘g‘rilayman. Seni hech qachon yolg‘iz tashlab ketmayman.Senga qõlimni uchini ham tekkizmayman(yani kaltaklash ma'nosida,boshqasiga mumkin🤫)Sen mening butun olamimsan."
Bu so‘zlarni eshitib, Maya jim qoldi. Yuragi og‘ir urardi. Yana ishonsa bo‘ladimi? Yana yuragini unga topshirsa, qaytadan sinib qolmaydimi? Ammo Junkookning ko‘zlari... ular hozir haqiqatni gapirayotgandi. Soxta emas, chin yurakdan.
Maya chuqur nafas oldi, boshini sekin qimirlatib tasdiqladi. Shu lahzada ikkovi o‘zaro jim turishar, yuraklari esa bir-biriga so‘zsiz nido qilardi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgandi. Lekin ichkarida yuraklar orasida bir yangi qor ostidan chiqqan guldek yaqinlik bor edi...
Maya Astralga tushib qolgandi.
Astral nima degan savolga javob bu. Astral bu siz hohlagan olam yani har kimda har hil bõladi. Kimdir u olamga tushib qolsa õz hohlagan hayotini kõradi kimdir esa,qõrquvi yani fobiyasini kõradi. Maya esa avvallari õzi hohlagan hayotni kõrdi.
Astralga qanday tushish mumkin:
Astralga tushish uchun siz. Qorong‘u tinch bitta xonaga kirasiz bitta õzingiz uchun qulay joyga yotasiz va avvaliga tinch bõlishingiz kerak. Sõngra kõzingizni yumib Astral haqida õylaysiz. Õzingizni õsha joyda yurgandek his qilasiz. Sõng kõzingizga quduq kõrinadi õshaga hayolan tushasiz va õsha yer sizni Astralingiz bõladi.
Bu narsa dinimizda qati'yan man etiladi‼️ agar bunday bõlmagan taqdirda esa siz ortga qayta olmasligingiz ham mumkin. Siz ortga qaytishingiz uchun quduqdan kõtarilishingiz kerak kõtarila olmasangiz abadiy õsha yerda qolsiz.
Hech qachon takrorlamang‼️din tarafdan ham qoralangan bu ish‼️
Junkook Mayaning ko‘zlariga uzoq tikildi. Ularning orasida so‘zsiz bir kelishuv, bir najot kabi nimadir bor edi. U asta o‘zini unga yaqinroq olib bordi. Mayaning nafasi biroz tezlashdi, ammo chekinmadi. U yuragining har urishida endi faqat bir narsa eshitardi — “ishonch".
Junkook barmoqlari bilan Mayaning yuzini ohista siladi.
— “Senga har kuni minnatdorchilik bildiraman, Maya. Sabring, sevging, hatto menga ishonishga uringaning uchun… bu hammaning ham qõlidan kelmaydi”
Uning lablari Mayaning peshonasiga tegdi. Iliq, yengil bir bo‘sa. Maya ko‘zlarini yumdi. Uning qalbida yig‘ilgandardlar hozir shifo topayotgandek edi. Junkook sekin yuzini pastga tushirdi, burni Mayaning burniga tegib turardi. Lablar deyarli tegishib turgan pallada Maya ko‘zlarini ochdi.
— “Men seni kechirganimni aytmadim hali,” —" dedi u yengil jilmayib, ammo ovozida iliqlik bor edi.
Junkook yutindi. Yuragi bir zum tõxtagand3k xis qildi.
— “Men bunga loyiq emasman… lekin baribir seni sevaman,” — "dedi u past ovozda.
Maya bu safar jilmaydi. Sevimli kishisining chin yurakdan aytilgan so‘zlari unga yetarli edi u buni qancha kutti axir. U asta qo‘lini Junkookning bo‘yniga qo‘ydi, yuzini unga yaqinlashtirdi. Nihoyat lablari bir-biriga tegdi. Bu bo‘sa shunchaki ehtiros emas edi. Unda kechiruv, og‘riq, orzu va eng muhimi umid bor edi.
Ular bir-birining bag‘Riga kirib ketgandek edi. Tashqarida yomg‘ir hamon sekin-sekin yog‘ardi. Deraza oynasidan oqayotgan tomchilar orqasida ikki yurak bir-biriga qo‘shilayotgan, dard ustidan sevgining g‘alaba qilayotgan onlari yashiringan edi.
Junkook Mayaning quloqlariga pichirladi:
— “Endi har kuni seni avaylab, har tun seni quchib uxlayman. Faqat sen xohlasang, albatta…”
Maya yengil bosh irg‘ab kuldi. Uning yelkasi endi bo‘shashgan, yuragidagi muzlar eriyotgandek edi.
— “Men hozir seni butun borlig‘im bilan his qilyapman… Shunisi yetarli deb biling. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.”
Ular bir-birining bag‘rida uzoq jim turishdi. U harorat, o‘sha ehtirosli, ammo sokin yaqinlik, ikkovi uchun yangi sahifaning ochilishiga sabab bo‘lgan edi. Ichki iztiroblar ortda qolgandek, faqat yuraklar urib turardi bir xil ohangda, bir xil ma’noda.
Va shunday oqshomda, eng yomg‘irli kechalardan birida, ular sevgining eng iliq, taftini bir birining taftini his qilishdi.