September 18, 2025

SCHIZOPHRENIA:MIRAI

Shzafrinia. Junkookning sirli kasali.
Y/n ga qarab oʻtirgan Jungkookning hayolidan faqat bir narsa oʻtardi: u bilan yaqinroq boʻlish. Uning harakatlari, mayin jilmayishi va koʻzlaridagi begʻubor porlash Jungkookni mahliyo qilardi. Yuragi biroz tezroq ura boshladi, lekin tilga kelishga jur’at topa olmadi.
Y/n esa undan nimadir kutayotganday koʻrinardi. "Nima boʻldi?" deya soʻradi u mayin ovozda.
-bilmadim biz õzi bu yerga biznes loyiha bõyicha gaplashgani kelgandik ammo. Biz bir birimizga termulishdan boshqasini qilmadik
Jungkook xijolat bilan jilmaydi va stol ustida yotgan hujjatlarga ishora qildi.

— Ha, toʻgʻri aytasan… Biz ish haqida gaplashishimiz kerak edi, — dedi u, ammo koʻzlari yana Y/n ga tushdi.
Y/n ham qoʻlidagi ruchkani aylantirib, xayolga toldi. Aslida, bu uchrashuv faqat loyiha uchun rejalashtirilgan edi. Lekin negadir ikkalasi ham mavzudan chetlashib, bir-biriga mahliyo boʻlib qolgandi.
— Xoʻsh, loyiha haqida gaplashsak-chi? — dedi Y/n kulimsirab, vaziyatni yumshatmoqchi boʻlib.
Jungkook boshini qashlab, oʻzini qoʻlga oldi.
— Ha, albatta… — U stol ustidagi qogʻozlarni tartibga soldi. — Demak, bizning biznes rejamiz bozor talablariga mos keladimi?
Ammo Y/n ning koʻzlaridagi mayin jilva hamon uning diqqatini chalgʻitardi. Ich-ichidan bilar edi — bu uchrashuv faqat biznes uchrashuvi emas edi. Bu nimanidir boshlanishi edi.
Tõg'ri bu boshlanish Y/n azoblari boshlangan,hayoti jahannamga aylangan õsha kun. Eng ayanchli õlim sohibasi nomini olishiga sabab bôlgan õsha kun.
Oradan bir necha kun oʻtib, Y/n oʻzini gʻalati his qila boshladi. Goʻyo hamma narsa oʻz joyida edi, lekin ichidan nimadir uni ezayotganday edi. Atrofidagi odamlar ham gʻalati tuyulardi — nigohlarida shubha, soʻzlarida piching bor edi.

Keyin mish-mishlar boshlandi.
"U loyihani oʻgʻirlagan emish."
"Jungkook bilan ataylab yaqinlashgan ekan."
"Unga ishonish kerak emas."
Y/n bu gaplarga avvaliga ahamiyat bermaslikka harakat qildi. Lekin odamlarning munosabati o‘zgargani sari ichidagi vahima kuchayib borardi. Ishxonasida ham unga shubha bilan qaray boshlashdi. Eng yaqin do‘sti ham undan uzoqlashdi.
Va nihoyat, oʻsha kun keldi.
Y/n ishxonaga kirib kelganida hamma unga o‘girilib qaradi. Xonada oʻtkir sukut hukm surar, faqat Jungkookning sovuq va ogʻriqli nigohlari uni teshib oʻtayotganday edi. Uning qoʻlida hujjatlar bor edi.
Y/n hujjatlarga qaradi va yuragi gursillab urib ketdi. Bu loyiha bo‘yicha maxfiy ma’lumotlar edi… va ularda uning imzosi bor edi.
Lekin u bunday qilmagan edi!
— Men… bu men emas, ishon menga! — dedi Y/n umidsizlik bilan.

Lekin hech kim ishonmadi. Jungkook ham. Ayniqsa, u.
O‘sha kundan boshlab, Y/n hayoti jahannamga aylandi. Mish-mishlar haqiqiy ayblovlarga, do‘stlar esa xoinlarga aylandi. Eng yomoni, Jungkook uni sotganday his qildi.
Va shunday qilib, "Eng ayanchli o‘lim sohibasi" nomining ortida yashiringan haqiqiy fojia boshlandi.
Y/n o‘sha lahzadan keyin butunlay o‘zgardi. Ilgari quvnoq, ishbilarmon va harakatchan bo‘lgan qiz endi so‘ngan ko‘zlar bilan jim o‘tiradigan, hech narsaga ishtiyoq sezmaydigan odamga aylandi.
Uning kompaniyasi inqirozga yuz tutdi. Loyiha muvaffaqiyatsiz tugadi, investorlar ortga chekinishdi, hamkasblari esa unga nisbatan ishonchsizlik bilan qaray boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay, ish ham butkul izdan chiqdi.
— Men emas, Felix... ishon menga… — degandi Y/n o‘sha kuni, lekin javob shunchaki jimlik edi.
Jimlik va shubha.

Oradan vaqt o‘tdi. Y/n kompaniyasi kasodga uchragani sari atrofidagi odamlar undan uzoqlashdi. Ilgari har kuni yonida bo‘lgan hamkasblari ham birin-ketin ketib qoldi. Telefon qo‘ng‘iroqlari kamaydi, do‘st deb yurganlarining yuzi o‘zgardi.
Yolg‘izlik… bu his-tuyg‘uni oldin hech qachon bunchalik og‘ir sezmagan edi.
Endi unga hech kim ishonmaydi. Endi u hech kimga kerak emas.
Shu haqiqat bilan yashash undan ham battar azob edi.
Junkookdan habar oladigan bõlsak. U juda qisqa vaqt ichida Y/n ga bog'landi. U haqida barcha narsani õrgandi. Biroq. Y/n uning sevgisini rad etti. Bu Jk ga kamsitilish kabi tuyuldi. Jk Y/n dan õch olishni õylardi. Hatto Y/n ning biznesi kasodga uchrashida ham qisman uning qõli bor. Uning yagona maqsadi. Y/n ni õziniki qilish. Bu yõlda u hech ham chekinmaydi.
Y/n da pul tugay boshladi. Hatto ovqat uchun pul qolmadi. U bilardi. Agar õzi uchun õzi harakat qilmasa u uchun hech kim harakat qilmaydi. Uning kasal otasi unga mushtoq bõlib kutadigan onasi uchun ham harakat qilish kerak.
Cafe ichida besh ta qora tanli erkaklar unga qarab turardi. Y/n ning tomog'iga nimadir tiqilganday bõldi. Qõlidagi ryugzaki tushib ketti. Odamlardan ikkitasi u tomon yaqinlashar ekan. Y/n orqaga tisarilardi. Ulardan ikkalasi Y/n ning ikki qõlini bog'lab. Qora mashina ichkarisiga solishdi. Qochib ketmasligi uchun ikki tomoniga õtirib olishdi. Y/n ning miyyasida faqat bir narsa aylanardi. Bular kim,ularni kim yonladi.
-alo shefim
-topshiriq bajarildimi.
-ha havotir olmang hammasi joyida. Birozdan keyin u yoningizda bôladi.
-Agar qochib ketgudek bõlsa õzingizdan kõring.

𝗪𝗿𝗶𝘁𝘁𝗲𝗻 𝗯𝘆 𝗦𝘂𝗻𝗮

𝗪𝗿𝗶𝘁𝘁𝗲𝗻 𝗯𝘆 𝗦𝘂𝗻𝗮