July 4, 2023
Sun-Hightech: Muborak gazni qayta ishlash zavodiga quvvati 600 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi
Joriy yilning iyun oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodi ob’yektlarida yoqilg‘i-eneriya resurslarini tejash uchun umumiy quvvati 600 kVt quyosh foto elektr stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirildi. Ushbu loyiha "Sun-Hightech" kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Ayni paytda zavod tasarrufidagi ob’yektlarning ma’muriy hamda ijtimoiy soha binolarining ehtiyoji uchun sarflanayotgan elektr energiyasining 30-40 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda.