Qanotlar ostidagi sirlar🦋
8-qism. Final – "Sevgi va Qurbonlik"
Oradan bir kun o'tdi. Shahar osmonini qora tutun bosgan, odamlarda vahima. Dushman bu gal boshqacha edi — kuchli, shafqatsiz va nafrat bilan to'lgan.
🏙️
O‘sha kechasi… sirli niqobda JK va V yana birga jang maydonida edi. V qoni oqayotgan qo‘li bilan qattiq ushlab turgan qurolni zo‘rg‘a ko‘tarardi. U ko‘p qon yo‘qotgan, ammo yuragidagi gapni aytmasdan ketishni istamasdi.
Dushman halokatli kuch bilan ularni devorga siqdi. V esa to‘satdan JKni devorga bosdi, ko‘zlari yosh bilan to‘lgan, ammo ovozi qat’iy edi:
V (zorqa): "Senga bir gap aytishim kerak..."
JK (nafasini rostlab): "Nima qilayapsan axmoq?! Qoch, bu jang"
V: "Iltimos... meni eshit... men seni..."
Lekin... dushman na mehrni, na kechirimni tanirdi. U atrofni vayron qilgancha ular tomon yaqinlasha boshladi.
JK (qattiq): "Keyin gaplashamiz, hozir yo‘q!"
🥀
Lekin V yuragini ushlab bo‘lmasdi. U JKni lablaridan ohista o‘pdi. Dunyo to‘xtagandek tuyuldi.
V (yig‘lab): "Men seni sevaman... sevgilim bo‘l..."
JK bir lahzaga qotib qoldi. Bu so‘zlar yuragini teshdi. U Vni itarib yubordi, ko‘zlarida og‘riq.
💥
Oradan soniyalar o‘tdi. Dushman ularning ustiga qudratli zarba yo‘lladi. JK vaqtni yutish uchun o‘zini oldinga otdi. Vni orqasiga yashirdi.
JK (ohangda): "Sen yashashing kerak… bu urush sen uchun emas."
🔪
Zarb yetib bordi. Hamma narsa jim bo‘ldi. Chang-to‘zon ichida faqat Vning qichqirig‘i eshitildi.
JK yerda yotar, ko‘zlarida oxirgi nur chaqnardi. V uning yoniga yiqildi.
V (ko‘z yosh ichida): "Sen meni nega qutqarding?! Biz birga qochishimiz mumkin edi!"
JK oxirgi kuchini yig‘ib jilmaydi:
JK: "Men seni... avvaldan sevganman... haqiqiy seni..."
"...Taehyung."
🥀
Ko‘zlari ohangda yumildi. Yuragi to‘xtadi.
🖤
Shahar jim bo‘ldi. Vning qichqirig‘i faqat quloqlarda jarangladi. U JKning tanasini quchgancha yerga yiqildi. Qon ichida, sevgi ichida, yo‘qotish ichida...
Final:
Sirlar ochildi. Ammo vaqt kech edi. V faqat JK o‘lgandan keyin bildiki, o‘sha niqob ortidagi qahramon ham, yuragida yashagan inson ham – bir odam edi
Shahar asta-sekin tuzalayotgandi. Binolar tiklanar, odamlar yana kulishga urinardi. Lekin V uchun hayot boshqa tomonga burilgandi. Endi u kulmasdi. Endi u orzular haqida o‘ylamasdi.
Har tong u o‘zini JK bilan tush ko‘rganidan uyg‘onardi. Ammo yostiq har doim ho‘l, yuragi bo‘sh bo‘lardi.
🏡
Ular avval yashirin yig‘iladigan bino — endi xaroba. V har kuni u yerga borar, JK bilan suhbatlashgandek jim o‘tirardi.
V (pichirlab): “Nega meni emas, o‘zingni tanlading?.. Nega?”
💌
JKning telefonida bir eslatma qolgan edi. Parolini faqat V bilardi. Ochgach, bir yozuv ochildi:
> "Agar men ketib qolsam... Taehyung, sen yashagin. Men seni avvaldan bilganman. Har safar nigohing menga tushganida, yuragim urishni unutardi. Sening tabassuming uchun o‘lishga arziydi."
V yig‘ladi. Yig‘ladi. Yig‘lashdan to‘xtashni unutgandi.
🪶
Shundan so‘ng V sirli qahramonlikni tashladi. Endi u jinoyatchilar bilan emas, yoshlar bilan ishlardi. Yolg‘iz qolgan, yo‘lini yo‘qotgan bolalarga yordam berardi. Chunki JK shunday qilardi.
U har yili 4-oktabr, JKning tug‘ilgan kunida bir guldasta olib, u yotgan qabriston yonida o‘tirardi. Faqat bitta so‘z aytardi:
🌌
V kechasi osmonga qarab der edi:
> "Bir kuni, qaerda bo‘lishingdan qat'i nazar... yana uchrashamiz, JK. Balki boshqa hayotda. Balki yana niqob ortida. Lekin bu gal... aytaman. Sen kimligingni bilmasam ham — seni sevaman, deb aytaman."
🦋
Endi V uchun "Qanotlar ostidagi sirlar" yo‘q edi. Faqat bir haqiqat bor edi — sevgining eng samimiy ko‘rinishi — qurbonlik ekanligi.
🕯️
Shahar jim. Soyabonlar orasida yolg‘iz bir odam yuribdi. U endi hech qayerga shoshmaydi. Har bir qadam og‘ir. Har bir nafas xotira. Bu – V.
📅
Oradan 4 oy o‘tgan. JKsiz o‘tgan 120 kun. Har kun – tinimsiz iztirob, ammo tashqaridan qaraganda V kuchli ko‘rinishga harakat qilardi.
U endi maskasini taqmaydi. Yuzidagi chandiq va ko‘zlaridagi o‘zgarish uni tanitmas ham edi. Ilgari halokatli tabassum bilan yuradigan V — endi sokin va jiddiy.
🌇
Har kecha V eski bino – u va JK birinchi bor dushman bilan kurashgan joyga boradi. U yerdan shahar ko‘rinadi.
V (o‘zicha pichirlab):
"Men seni sog‘indim. Ko‘zimni yumsam, ovozing eshitiladi... Nega seni avvalroq tanimadim, JK?"
🌿
Bir kuni u parkda o‘tirgan edi. Uning yoniga kichik bir qizcha yugurib keldi. Qizcha yig‘lardi. Onasidan adashib qolgan.
Qizcha (titroq ovozda):
"Akam... akam o‘xshaysiz..."
V jim turdi. Ko‘zlari xira bo‘ldi. Bir lahza o‘zini JKni yonida ko‘rgandek bo‘ldi. U qizchani bag‘riga bosdi.
Shu voqeadan keyin V qaror qildi — endi u "qahramon" bo‘lib yashamaydi. U bolalarga yordam beradigan markaz ochadi. Nomini esa... JK Hope Center deb ataydi.
🏫
Markazga har xil bolalar kelardi: zo‘ravonlikdan qochganlar, ko‘chada qolganlar, yoki yurakdan jarohat olganlar. V ularni tinglardi, ovutardi, jang san’atlarini o‘rgatardi — lekin muhimi: ularni mehr bilan quchardi.
V (yosh bolalarga):
"Hech kim yolg‘iz emas. Men ham bir paytlar o‘zimni yo‘qotgandim. Lekin bir inson meni topdi. Endi esa men sizlarni topdim."
🌓
Ammo... tinchlik uzoq davom etmaydi. Shaharda yana bir sirli jinoyatchi paydo bo‘ldi. Bu safar u JK uslubida harakat qilardi. Odamlar o‘ylardi: "Nahotki JK tirik?!"
V esa yuragida shubha bilan yashay boshladi.
"Bu kim? JK emas... lekin u meni nimagadir boshlayapti…"
🔮
Uzoqda esa qora niqobli notanish kimsa bir devor ustida o‘tirib Vni kuzatardi:
> "Sen hali meni tanimading, V. Ammo men seni juda yaxshi bilaman. Tez orada hammasi boshlanadi…"