June 3, 2025

Uzoq kutilgan baxt💔

Ep4

Tae: Mashg‘ulot ertaga boshlanadi. Bugun atrof bilan tanishib ol. Hamma seni ko‘rib qo‘ysin. Yana bir narsa bu yerda hamma do‘st emas.

Jungkook buni eshitib, beixtiyor ortiga qaradi.


[Kompaniya ichida — ofislar qatori]

Jungkook zal bo‘ylab yurdi. Qadamlari ehtiyotkor. Xodimlar unga qarab, turlicha munosabat bildirardi: ba’zilar hayrat bilan, ba’zilar esa sovuqqina, mensimay.

To‘satdan uzoqdan baland poshnali tovushlar eshitildi.

U orqasiga o‘girildi. Qora libosda, jingalak sochli bir ayol unga tik qarab kelardi. U Taehyungning yaqin yordamchilaridan biri Mina edi.

Mina: Shu senmisan, Jungkook?

Jk: Ha, siz meni tanisizmi?

Mina qoshlarini ko‘tarib kulimsiradi. Ammo bu kulgi iliq emas edi.

Mina: Albatta taniman. Chunki bu binoga har kim kela olmaydi. Ayniqsa xo‘jayinning yonida.

Jk sukutda edi.

Mina: Qiziq. Taehyung oppoq kiyimdagi bolani birdan yoniga olib keladi. Senga nima bor? Nima siring bor? U seni nega bu yerga olib keldi, ha?

Jk yelkasini qisdi: Men o‘zim ham tushunmayapman. Men faqat... undan minnatdorman.

Mina sovuq kuldi: Minnatdorchilik seni bu yerda ushlab tura olmaydi. Bu dunyo kuchli odamlar uchun. Yumshoq yurak bilan bu yerda omon qololmaysan, bolakay.

Jk chuqur nafas oldi. Uning ko‘zida endi ozgina ishonch paydo bo‘lgandi.

Jk: Agar kuchli bo‘lishim kerak bo‘lsa... o‘rganaman.

Mina bir zum unga tikildi, so‘ng boshini chayqab ketdi.

[Kechasi — Taehyung ofisida]

Tae deraza yonida, Jungkook esa xona markazida turardi.

Tae: Uchrashgan odamlardan biri seni sinab ko‘rgan bo‘lsa kerak.

Jk: Ha. Mina degan ayol... juda sovuq edi.

Tae bosh irg‘adi: U senga ishonmaydi. Buni yashirmaydi ham. Lekin bu senga dars bo‘lsin bu dunyoda hamma ochiq urushmaydi. Ko‘pchilik kulib turib, orqangdan zarba beradi.

Tae yaqinlashdi.

Tae: Shuning uchun sen o‘rganishing kerak odamlarni ko‘zidan o‘qish. Harakatlaridan niyatni anglash. Gap so‘zini emas gap orqasidagi jimlikni eshitish.

Jk: Men harakat qilaman.

Tae: Men bunga ishonaman.

[Tungi mashq zali — Jungkook va ilk dars]

Taehyung uni tungi zalga olib bordi. Yorug‘lik sust, ammo maydonda kuch bor. Tayyor holatda bir murabbiy kutib turardi.

Tae: Bu Kai. U seni kuchli qiladigan odam. Jismonan, ruhiy. Har kuni kechqurun sen undan o‘rganasan.

Kai kulimsiradi: Yengilmas bo‘lishni istaysanmi?

Jk: Men... hech kimdan qo‘rqmaydigan bo‘lishni istayman.

Kai: Zo‘r. Unda bugun boshlab seni sindirishim kerak. Yaxshi yangilik keyin qayta tiklanasan.

Shu tarzda Jungkookning kuchga sayohati boshlanadi. Ammo bu yo‘l og‘riqli, sinovli, yolg‘izlik bilan to‘la bo‘ladi.

[Tungi mashq zali — birinchi dars]

Zalda faqat uchta odam bor: Jungkook, Kai va jimjitlik.

Kai: Qo‘lingni ko‘tar. Himoya holatini bilasanmi?

Jungkook: Yo‘q...

Kai hech narsa demadi. Faqat o‘zi pozitsiyani ko‘rsatdi, so‘ng

Kai: Qaytar. Endi o‘sha holatda 3 daqiqa tur.

Birinchi mashg‘ulot oddiy harakatlar. Ammo takror-takror, doimiy bosimda. Ter oqadi, oyoqlar qaltiraydi, nafas qisiladi. 10 daqiqa o‘tdi Jungkook allaqachon yiqilib tushdi.

Kai: Yana.

Jk: Bo‘lmadi... ko‘zim...

Jungkooning ko‘zi hali ham qaynoq suv tufayli xira ko‘radi. Chap ko‘zi butunlay tiniq emas.

Kai: Dushman sening ko‘zingni ayamaydi. Nafasing, ko‘zing, beling hammasi zaiflik. O‘zgartirmasang, doim qullikda qolasan.

Jungkook yerda yotar ekan, qorniga mushtdek urilgan bu haqiqat ichidan o‘tib ketdi. U o‘rnidan qo‘llari bilan turtinib turdi. Oyoqlari qaltirardi.

Jk: Yana urinaman.

Kai unga tik qaradi. Qoshining ostida mayin kulimsiradi. Ichida "Bu bola sinmaydi, " degan hurmat uyg‘ona boshlagandi.

[Ertasi kun — Taehyungning kompaniyasi, Mina ofisi]

Mina kompyuterida nima uchundir maxfiy fayllarni ko‘rib chiqardi. U xuddi nimadir rejalashtirayotgandek edi