October 9

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja jadval asosida navbatdagi sayyor qabul tumandagi “BO'ZAChI” mahallasida tashkil etildi .

Xususan, aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida uzoq hududdagi qishlog aholisi bilan uchrashildi.

Sayyor qabul orqali uchrashuv jarayonida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, aniqlangan huquqiy muammolar bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Bundan tashqari, mahallaning “Mahalla yettiligi” hamda aholiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kunidagi 204-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berilib flayerlar tarqatildi.

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi