Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Kasb-hunar kolleji”da saylov qonunchiligiga oid tushuntirish ishlari o’tkazildi.
Saylov tizimidagi yangiliklar: Xalqaro tajribadan kelib chiqib, ya’ni, majoritar tizimida saylovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ayni bir nomzodga ovoz berishi va eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topilishi, proportsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz berish yo’li bilan partiyalarning parlamentdagi o‘rni ular to‘plagan ovozga muvofiq taqsimlanishi borasida targ’ibot, tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasiga yagona saylov okrugi bo‘yicha o‘tkazilgan saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning hech biri saylovda ishtirok etgan saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini to‘plamagan bo‘lsa, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan deb topilishi, saylov o‘tmagan deb topilganida takroriy saylov o‘tkazilishi yuzasidan va barcha saylov qonunchiligi bo‘yicha flyer va videorolik tayyorlanib, tadbirlarda foydalanish uchun xodimlarning e'tiborlariga havola qilinib tushunchalar berildi.