October 16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Qorovulbozor tuman adlya bo'limi, DXM, FHDYo, YXKM xodimlari tomonidan 2024-yil 16-oktyabr kuni olis "Jarqoq" MFYda "Huquqiy Targibot kuni" o'tkazildi.

Aholi bilan sayyor qabul o'tkazilib, mahallaga o'z muammolari bilan kelgan fuqarolarga qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Adliya bo’limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurilib xonadonlarga kirib chiqildi va huquqiy muammolar o’rganildi. O‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida QSHPda saylovga oid yangiliklar, saylov kompaniyasi, ovoz berish, uni hisoblash tartibi, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Adliya bo'limiga biriktirilgan kambag'al oilalarga uyma-uy tashrif buyurilib, oilaviy sharoitlaridan xabar olinib huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qorovulbozor tuman Adliya bo'limi