October 23

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Bo'ston"MFYda  “Huquqiy targʻibot kuni” huquqiy loyihasi doirasida “sayyor qabullar” tashkil qilindi

Tadbirlar davomida 7 ta davlat xizmatlari ko‘rsatlib, aholi uchun 10 ga yaqin targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, xususan, mahalla 7 ligi xodimlarini saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkazildi va huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida 10 ta (buklet, flayer va boshqa) materiallar tarqatildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosi ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun mohiyati borasida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi