Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan 6-sonli MTT xodimlari o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga oid targ'ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbir jarayonida saylov tizimidagi yangiliklar: Xalqaro tajribadan kelib chiqib, ya’ni, majoritar tizimida saylovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ayni bir nomzodga ovoz berishi va eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topilishi, proportsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz berish yo’li bilan partiyalarning parlamentdagi o‘rni ular to‘plagan ovozga muvofiq taqsimlanishi borasida targ’ibot, tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan normalar borasida tushuntirish ishlari o'tkazildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosi ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun mohiyati borasida tushunchalar berildi.