October 23

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning Bo'ston MFYda “Huquqiy targʻibot kuni”   o'tkazildi.

Tadbir davomida, adliya boshqarmasi ma'ul xodimi B.Saidov tomonida Qorovulbozor tuman adliya bo'limi YXKM ish yurituvida bo'lgan barcha yig'ma jildlar hamda tegishli tadbirlarni o'tkazish yuzasidan tuzilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirib kelinayotgan ishlar to'g'risida to'plangan hujjatlar bilan tanishib, munosabat bildirildi.

Bundan tashqari DXM va FHDY bo’limi xodimlariga Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoni va Hukumatimizning 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori ijrosini qat'iy ta'minlash yuzasidan tushuntirib o’tildi.

Huquqiy targ'ibot kuni va uyma-uy yurish tadbirlari davomida jami 11 ta murojaatlar qabul qilinib, ularga joyida huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, fuqarolarga saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkazildi.

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi