October 23

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Yangi hayot” OShP xodimlarini saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkazildi. 

Saylov tizimidagi yangiliklar: Xalqaro tajribadan kelib chiqib, ya’ni, majoritar tizimida saylovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ayni bir nomzodga ovoz berishi va eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topilishi, proportsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz berish yo’li bilan partiyalarning parlamentdagi o‘rni ular to‘plagan ovozga muvofiq taqsimlanishi borasida targ’ibot, tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosi ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun mohiyati borasida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi