October 8

O'zbekistonga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqimi? 

Mamlakatimizda rivojlanish uchun bir qator ishlar amalga oshirib borilayotganini hisobga olsak, biz xozir dunyo miqyosidagi yuqori tashilotlarga a'zolik bo'lish darajasiga yetib keldik deb o'ylayman. Shuning uchun bizni oldimizda ikki yirik tashkilotlar bor bular: 1)JST, 2) YeOII tashkilotlaridir. Xozir biz bu ikki tashkilotning bizga beruvchi foydali taraflarini to'plagan va o'rgangan ma'lumotlarimiz yordamida o'rganib chiqamiz. Birinchida YeOII tashilotiga a'zo bo'ladigan bo'lsak, avvalambor, YeOIIga a'zolik biz uchun 182 milliondan oshiqroq inson istiqomat qiluvchi, qiymati esa 1 trillion 587 milliard AQSh dollariga teng bozorga kirish imkonini beradi. O‘zbekiston bu bozorga o‘zining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda ko‘rishi mumkin. YeOII mahsulotlarga qo‘yiladigan texnikaviy, sanitariya, veterinariya va fitosanitariya standartlari va normalarini uchinchi davlatlarga nisbatan ma'lum darajada qattiqqo‘llik bilan tatbiq etmoqda. Bizning tadbirkorlarimiz shu sababdan yurtimiz mahsulotlarini YeOII bozoriga kiritishga qiynalishmoqda. Bizni oldimizda bu to'siqni yengib o'tish turibdi va bu orqali mamlakatimizni sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi davlatga aylantirgan holda mamlakatimizni Yevropa standartlariga mos davlatga aylanish vazifasini o'z oldiga quymoqda. Endi JST haqida to'xtaladigan bo'lsak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishib chiqadilar va Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilma ekanligi, dunyo savdosining 95 foizi unga a’zo 164 ta mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelishini hisobga olib bu tashilot a'zoligi uchun harakat boshlandi. Bu tashkilotga a'zo bo'lish uchun JST tashkiloti a'zolarining roziliklari kerak bo'ladi. O'zbekiston esa bir qator davlatlar bilan shartnomalar tuzgan holda ularning roziliklariga ega bo'lgan . Qolgan davlatlar ham bizni qo'llab quvvatlasa bu tashkilotning a'zosi sifatida tan olinamiz. Jahon savdo tashkilotining bitimlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni unga uyg‘unlashtirish, tartib va standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan yana bir narsani aytadigan bo'lsam YeOIl tashkilotining Rossiya tomonidan tashkil etilganligini hisobga olsak bu tashkilot ko'proq itisodiy tomondan rivojlanish uchun emas balki siyosiy tomonlama ham faoliyat olib borayotganligi sababli o'sish kamroq bo'layotgan bo'lsa kerak. Chunki bu tashkilotqonun qoidalari ichida a'zolar orasida ya'ni ikki davlatlar ichki tomonlama bir biri bilan aloqa o'rnata olmasligini bildim va bu noto'g'ri deb hisoblayman .

Endi shaxsiy firkim bo'yicha keladigan bo'lsak men O‘zbekiston ham avvalambor JSTga to‘laqonli a'zo bo‘lish jarayonlarini tugatganidan keyingina YeOIIga a'zolik masalalarini ko‘rib chiqishi lozim, deb o‘ylayman. Bunda O‘zbekiston JSTga a'zo bo'lishi mamlakatda rivojlanishni kuchaytiradi va o'zimiz bilan teng davlatlar bilan savdo aloqalari, iqtisodiy aloqalar o'rnatishda yengilliklarni yaratib beradi. Mamlakatimizda ham arzonroq mahsulot va xizmatlar vujudga keladi va bu bizni YeOII davlatlari orasida o'z o'rnimizni belgilab beradi deb o'ylayman!!!