LAʼNATLANGAN
Yaqindagina dengizning kichik toʻlqinchalari ovozi eshitilardi .... ammo hozir barcha narsalar jim xuddi butun dunyo toʻxtab qolganga oʻxshardi. Taehyung biroz vaqtdan soʻng oʻziga keldi. Koʻzlarini ochar ekan yotoqda yotganini his qildi va asta oʻrnidan turdi. Jungkook haliyam oʻsha stul ustida oʻtirardi. Taehyung uni yana koʻrganidan soʻng bularning bari haqiqat ekaniga ishondi va unga jim qarab turardi.
Jungkookning koʻzlari qizil rang aralash Taehyungga boqardi va birdan oʻz holiga qaytdi.
Jk: sen....insonsan toʻgʻrimi...
Jungkook shubhali lekin ishonuvchan ohangda gapirdi. Taehyung esa bunga hayron boʻlib javob berdi.
Tae: ha ....insonman....oʻzingizchi
Jk: sen meni tanimaysan.....isming nima....
Jungkook biroz kibr qoʻshib gapira boshladi.
Tae: men....men.. Taehyung man...
Taehyung boshini egib gʻamgin ovozda soʻzladi. Jungkook indamadi va
Jk: nega oyna singan....
dedi. Taehyung oynaga qaradi va
: men .... laʼnatlangan man....va menga oyna kerak emas....
Taehyung shu soʻzlarni ayta oldi xolos..va xonadan chiqib ketdi. Jungkook ham u bilan birga chiqdi va
: nima ....hech kim sen bilan yashamaydi mi.....
Tae: sizningcha meni kimgadir keragim bormi....
Taehyung hali hamon gʻamgin edi. Jungkook uy ichiga qaradi va
: bu joyda qanday yashaysan....
dedi sir bermay. Taehyung ensa qotirib Jungkook ga qaradi va
: bu meni uyim...va u men uchun qadrli....
Jungkook bitta qoshini chimirib Taehyung ga qaradi.
Jk: men ... Jungkook man... yovuzlik va ezgulik ruhlari farzandi....
Jungkook gapirgani sari Taehyung qoʻrqa boshladi va
Tae: n..nima..sz ...men ruhlarni koʻryapmanmi....
Taehyung yanada qoʻrqib devorga suyanib qoldi.
Jk: ha... negadir senga mening kuchim taʼsir qilmayapti....
Jungkook oʻychan nigohda Taehyung ga qaradi. Taehyung bundan yanayam koʻproq qoʻrqdi va..
Tae: men...men endi oʻlamanmi......
Taehyung ikkala qoʻlini yuziga qoʻyib dedi. Jungkook bundan kulib yubordi va kapalakdek uydan chiqib ketdi. Taehyung ham unga ergashib tashqariga chiqdi.
Tae: iltimos... janob...vaqtni qoʻyib yuboring.....men yana dengizning ovozini eshitishni istayman....
Taehyung yigʻi ovozda sekin sekin gapira boshladi. Jungkook Taehyung ga qaradi va u hozir yigʻlab yuborishini sezdi.
Jk: yaxshi...
Jungkook vaqtni qoʻyib yubordi va hamma narsa harakatlana boshladi. Dengiz avvalgidek yana chaypalandi...qushcha lar sayray boshladi. Taehyungni qulogʻiga birdan dengizning kichik toʻlqinchalari ovozi eshitildi va u daraxtdagi qushchalarga qaradi. Taehyung ularni yana eshitganidan xursand edi.... Taehyungni yuzida tabassumni kuzatib turgan Jungkook sekin dengiz boʻyi tomon yurdi. Taehyung barcha narsalarga qarab boʻlgach uning koʻzlari oʻsha ruhni qidira boshladi. Uni dengiz tomon yurayotganini koʻrib Taehyung ham uni oldiga bordi.
Tae: janob...nega szni hech kim koʻrmaydi......
Jungkook indamay qomatini tik tutib dengizga qaradi.
Jk: men ....bu yerga 27 oldin kelgan edim... lekin soat nega yana meni bu yerga olib kelganiga qiziqyapman..
Jungkook oʻychan ohangda gapirdi.
Tae: sz ....bu yerga men tugʻilmasimdan oldin kelganmisiz....
Taehyung hayron boʻldi. Jungkook gʻamgin ovozda gapirdi.
Jk: ha...bir ayol va erkak oʻlgan kuni men shu yerda edim.... ularning oʻgʻillari bor edi....uni saqlab qolgandim.. ammo u hozir qayerda bilmayman...sen ham oʻsha afsonani eshitganmisan....
Jungkook ters oʻgirilib Taehyung ga qaradi. Taehyung indamay qoldi.
Tae: men ...odamlar...menga nisbatan buni aytishadi.
Taehyung yigʻlagudek boʻlib gapirdi.
Jk: senga nisbatan...nega senga nisbatan...
Jungkook savol nazari bilan qaradi.
Tae: chunki..mening onam shu dengizda choʻkib oʻlgan ekanlar....oʻsha laʼnatga uchragan deyishadi....meni esa .. Laʼnatlangan...nomi bilan chaqirishadi... shuning uchun hech kimga qoʻshilmayman va ular ham meni koʻrsalar haydab soladi....
Taehyung boshini egib gʻamgin koʻzlar bilan dengizga qarab turdi.
Jk: otangchi...u qayerda....
Jungkook undan negadir shubhalana boshladi.
Tae: otam...meni tashlab ketgan....va umuman qaytmaydi...balki esida ham yoʻqdir man...
Taehyung gapirar ekan unda bir narsa borligini sezdi va unga yaqinlashdi. Lekin Taehyung undan qoʻrqqani uchun qochdi. Jungkook yana oʼzini turgan joyiga qaytdi.
Jk: seni bu yerda hech kim kutmasa...va oilang boʻlmasa.... demak men bilan saroyga ketasan....
Taehyung tezda Jungkook ga qaradi va..
Tae: yoʻq...buni hatto oʻylamang....men ..men bu yerdan ketmayman...
Taehyung zarda aralash ovozda gapirdi. Jungkook asta miyigʻida kulimsirab qaradi.
Jk: senga ketasanmi deb aytganim yoʻq....va bundan tashqari meni koʻrgan yagona inson zoti san sen....
Taehyung yoʻq deganday bosh irgʻadi va uyi tomon yugurdi lekin bu befoyda... Jungkook oʻz sehrini ishga soldi va ikkisi ham bir paytda yoʻq boʻlishdi.
Taehyung koʻzlarini ochib atrofga qaradi va qandaydir saroy ichida paydo boʻldi. U yoq bu yoqqa qaradi va qarshisida umuman boshqa Jungkook ni koʻrdi. Uning koʻzlari havorang edi. Chunki u sehr qildi....
Jk: xush kelibsan saroyimga....
Jungkook sekin gapirdi lekin ovozi butun saroyga yoyildi. Taehyung unga qarab qoʻrqdi va yigʻlay boshladi.
Tae: nega meni bu yerga olib keldingiz....😢
Taehyungni koʻzlaridan yoshlar sizib chiqardi. Jungkook esa sekin Taehyungni oldiga bordi va yuzidagi koʻz yoshlarini qoʻllari bilan arta boshladi.
Jk: yigʻlama .....shunchaki sen bilmaydigan narsalar mavjud....qani yur biror xonaga joylashasan....
Jungkook biroz iliq munosabatta boʻldi.
Taehyung esa indamadi va Jungkook boshlagan birinchi xonaga kirdi va xona ichini tekshirdi. Xona juda shinam va yorugʻ edi. .......Ular hozir birga...bir saroyda...