June 10, 2022

Zara brendi O‘zbekistonda ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda.

Zara, Pull & Bear va boshqa brendlar egasi Inditex kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda MIFT matbuot xizmati yozmoqda.

Vazirlik vakillari Ispaniya kompaniyasining Ijtimoiy barqarorlik direksiyasi delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida olib borilayotgan islohotlar, mamlakatning Yevropa Ittifoqining GSP+ sxemasiga kiritilishi va paxta boykotiga barham berish mavzusiga to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar, shuningdek, biznesni rivojlantirish imkoniyatlari va Inditex kompaniyasining O‘zbekistondagi investitsiya portfelini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Mehmonlar O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchilarini jahon ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilishni kengaytirish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Ishtirokchilar Inditex faoliyatini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish istiqbollarini, jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildilar. Tomonlar hamkorlik masalalari, xususan, to‘qimachilik sanoati salohiyati va mamlakat bozori imkoniyatlarini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

O‘zbekistondagi eng talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum bo‘ldi.

Joriy yil O‘zbekistonda eng yuqori talab bo‘lgan kasblar nomi ma’lum qilindi. Bu haqda “hh.uz” xabar qildi.

Birinchi olti oyda eng ko‘p talab qilinadigan mutaxassislar ichida savdo/hisob menejeri, web-muhandislar, sotuvchilar, buxgalterlar va logistlar.

Talab eng kam kasblar sug‘urta agentlari, oshpazlar, kutubxonachilar, xomashyo mutaxassislari va huquqshunoslar bo‘ldi.

Avvalroq 2022-yildagi istiqbolli IT kasblar ro‘yxati ma’lum bo‘lgan edi.