Nega men dasturlashni tanladim.
Men hozirda MEPhI da 2 kurs talabasiman.
Bizda shunday shior bor :
Nowadays Engineer without programming is not Engineer
Yo'nalishim AES da yadroviy reaktorlar bilan ishlash bo'lganligi sabab python dasturlash tili bilan ishlashni taqazo etadi .
Bu qarorga kelishimga faqatgina bular emas bir qancha faktorlar sabab bo'ldi .
Bular : algaritm tushunchasi bilan qiziqib qolishim , Walter Isaacsonning Inavatorlar nomli kitobi, kursdoshlarim bilan tuzgan start-up loyiha, Nazariy fizikadagi muommolarni hal etishda amaliy matematik usullar ( hisoblash mashinalari ) va OSMONDAGI BOLALAR loyihasi.
Agar bir boshidan qarasa insoniyatning glabal rivojlanishi XX asrga to'g'ri kaladi .
Buning sababi Matematika va Elektronika o'zaro birlashib hisoblash mashinasining to'la qonli nomzodi bo'lmish ENIAC ning yaralishi deb o'ylayman. Bu nafaqat hisoblash balki vaqtni tezlashtiruvchi mashina sifatida ham ish berdi desak adashmaymiz.
Bunga qadar esa Bebidjning birinchi differensial mexanik hisoblash mashinasi va unda ish olib borgan birinchi dasturchi deb tan olingan Ada Lovelace larning hissasi katta.
Urush davrlaruda ham dasturchilar ornini hamon ayollar egallab turgani ajablanarli emas sababi bu vaqtgacha dasturlash hech kim uchun ahamiyatli ko'rinmagan, shu bilan bir qatorda erkaklar urushga safarbar etilgan.
Hozirgi kunda esa bu narsa kulguli korinishi tabiiy. Sababi biz raqamli inqilob davrida yashamoqdamiz va bu poyga arenasida sizning avtomobilingiz tez yura olmasa halokat muqarrar.
Hullas Raqamli inqilob haqida gapirsa gap ko'p.
Kasbiy qiziqishlarga kelsak meni sohamda dasturlash va kompyuterlarsiz ijo yo'q desa ham bo'ladi . Agar reaktor ichida Uran yoki Plutoniy izotopidan ajralib chiqayotgan neytronlar soni nazorat qilinmasa AES yirik Atom bombasi rolini o'ynashi hech gap emas.
Hayriyatki bunga qarshi himoya sifatida yetarlicha dasturiy taminotlar ishlab chiqilgan
Start-up loyihamiz esa AES ning virtual dasturini yaratishdan iborat. Bu o'z navbatida soha rivojiga va hafvsizlik tizimiga sezilarli ijobiy o'zgarish kiritadi .
Menga eng tinch bermaydigan qismi shundan iboratki , bu bejirim matohlarga dastur yozish orqali siz miyangizda bajaradigan hisob kitoblarni kamaytirasiz , undan ham qiziqroqi bizni fizika, matematika va shu kabi sohalarda qiynaydigan hisoblashlarni u beminnat ado etadi. Kalkulyator ishlatayotgan muhandis yoki professor kopaytirish jadvalini yoki murakkab integral tenglamalarini hisoblashni bilmaydi degani emas qandedir X qiymat berib Y natija olish uchun inson hisoblash vaqti T bolsa mashinaning hisoblash vaqti t ( t<T) boladi
Miyyamiz asta ishlamaydi ! Biz diqqatni yetarlicha tez jamlamaganimiz sababli neyronlar axborotni miyyaning boshqa neyronlariga uzatib funksyani almashtirishi uchun ko'p vaqt talab etiladi .
Kompyuterda esa sabr , erinchoqlik degan tushunchalar yo'q. Siz dasturni yozasiz u esa protsessor ichidan habar tashuvchi chopardek oqib keluvchi elektronni kutishgagina vaqt sarflaydi halos.
Hullas chundingizmi yo'qmi. Bu shunchaki mo'jiza.
Maqola Dushayev Sirojiddin tomonidan
telegramdagi ΜΞΝΙΚΙ kanali uchun tayyorlandi