June 25, 2022
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida chop etiladigan “Janub posboni” gazetasida Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari R.Nazarov muallifligida targ'bot tadbiri o'tkazildi.
“Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–764-son, 15.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan. Unga koʻra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa koʻplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan.