February 7, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tuman“Oziq-ovqat dehqon bozori” MCHJda Jarqo'rg'on tumani YXKM boshlig`i S.Allanazarov, bosh yuriskonsultlari R.Nazarov, B.Amonov va S.Shaymanovalar ishtirokida huquqiy targ`bot tadbiri o'tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig`i S.Allanazarov va bosh yuristkonsultlari R.Nazarov, B.Amonov hamda S.Saymanovalar ishtirokida 2022 yil 07 fevral kuni Jarqo‘rg‘on tuman “Oziq-ovqat dehqon bozori” MChJ radiouzeli orqali hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi"Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRK-419-sonli “Korrupsiyaga karshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respyblikasining Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish xaqida" 2021 yil 4 oktabrdagi O‘RQ-720-son, "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-722-son qonunlari, 2018 yil 10 maydagi 349-son qonuni, “O‘zbekiston Renspublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.