Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tuman“Oziq-ovqat dehqon bozori” MCHJda Jarqo'rg'on tumani bosh yuriskonsultlari R.Nazarov, X.Saodatov va S.Shaymanovalar ishtirokida huquqiy targ`bot tadbiri o'tkazildi.
Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultlari R.Nazarov, X.Saodatov va S.Shaymanovalar ishtirokida 2022-yil 26-may kuni Jarqo‘rg‘on tuman “Oziq-ovqat dehqon bozori” MChJ radiouzeli orqali hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, 2022 yil 12 aprel kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-763-son qonuni, 2022 yil 15 aprel kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-764-son qonuni, 2022 yil 16 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-769-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-249-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 07-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 08 apreldagi “Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi PQ-199-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.