Jarqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli Maktabgacha ta`lim tashkilotida Jarqo`rg`on tuman Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov va DXM xodimlari ishtirokida 05.07.2022 yilda davra suxbati o'tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli, 21.02.2022 yildagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-sonli, 22.02.2022 yildagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-sonli qarorlari mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan va konstitusiyamizga kiritilayotgan o`zgartirishlar va qo`shimchalar to`g`risida tushunchalar berildi.
Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritilayotganligi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Hujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.
Qonunning 1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda referendumda qabul qilingan qarorlar, agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa (bundan oldin faqat referendum yo‘li bilan edi) bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi haqida hamda 8-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish органларига referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar bilan bir qatorda qatnashish huquqini berishi haqida tushunchalar berildi.