May 16, 2022

Jarqoʻrgʻon tumani 4-sektor binosida Jarqo'rg'on tumani YXKM bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov, Viloyat Mahalla va nuroniylarni qullab-quvvatlash boshqarmasi, ma`sullari ishtirokida ishchi guruhdagilarga saylovoldi tusuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 09 fevral kunidagi "Fuqarolar yig`ini raisi (Oqsoqoli) to‘g‘risida”gi O‘RQ-499-son qonuni haqida,

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.

Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining qarori bilan tuziladi. Komissiyalar fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi. Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi. Tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining ijro apparatlari komissiyalarning ishchi organlari haqida.

Komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:

fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillik normasini belgilaydi;

ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni keyinchalik tegishli tumanlar, shaharlar hokimlari bilan kelishish uchun qabul qilib oladi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan saylov byulletenlarining namunalari mustasno;

ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotini eshitadi;

tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Respublika komissiyasiga axborot taqdim etadi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta’minlashi haqida tushunchalar berildi.