July 18, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Obodonlashtirish boshqarmasida 18.07.2022 yilda Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari R.Nazarov va S.Shaymanovalar ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda, Konstitutsiyga o‘zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini va referendum o`tkazish tartibi, mazmun va mohiyatini tushuntirish haqida. Konstitutsiyaviy komissiyaning ilk yig‘ilishidan bir oy ham o‘tmasdan Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Bosh qonunning 64 ta moddasiga 200 ga yaqin tuzatish kiritilmoqda.

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiyaning 26 maydagi birinchi yig‘ilishidan xattoki bir oy muddat o‘tmasidan turib, «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tayyorlandi.

Bu haqda 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi yakunida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritilayotganligi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Hujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunning 1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda referendumda qabul qilingan qarorlar, agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa (bundan oldin faqat referendum yo‘li bilan edi) bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi haqida hamda 8-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish органларига referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar bilan bir qatorda qatnashish huquqini berishi haqida tushunchalar berildi.