July 22, 2022

Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi YXKMda tumandagi umumta`lim maktablari kadrlar bo`yicha menejirlari bilan 22.07.2022 yilda Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi YXKM bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov tomonidan simenar mashg`uloti o'tkazildi.

Simenirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyndagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, tizimni ishlashi haqida tushunchalar berildi.