July 21, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Moliya boʻlimida Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi xodimi T.Ismatullayev va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarovlar ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi va yurdik xizmat ko‘rsatish markazi bilan birgalikda rejaga muvofiq 2022 yil 21 iyul kuni tuman moliya bo‘limida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar (referendum qonunchiligi) va O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 16 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-779-sonli qonuni mazmun mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berilib,

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritilayotganligi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Hujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunning 1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda referendumda qabul qilingan qarorlar, agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa (bundan oldin faqat referendum yo‘li bilan edi) bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi haqida hamda 8-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish органларига referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar bilan bir qatorda qatnashish huquqini berishi haqida tushunchalar berildi.