May 25, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani "Kamar" MFYda Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari R.Nazarov. S.Saodatov va M.Mamayusupovlar ishtirokida "Ayollar daftariga kiritilgan" ayollarga huquqiy tushuntirishlar berildi

Tushuntirishlar davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 01-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-sonli farmonida ko`rsatilgan imtiyozlar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun: bir martalik moddiy yordam berish; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish. Kreditlar «Ayollar daftari»ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bunda kreditlar 33 million so‘mgacha miqdorda hokimlar yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratilish haqida tushunchalar berildi.