Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo`limi YXKM boshlig`i S.Allanazarov, bosh yuristkonsultlari R.Nazarov X.Saodatov M.Mamayusupov va S.Shaymanovalar ishtirokida "Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi shiori ostida" targ`ibot o`tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15 maydan 15 iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi huquqiy savodxonlik oyligi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga asosan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi YUXKM xodimlari va Surxondaryo viloyat IIB YXXB SHMX SB inspektorilari bilan hamkorlikda 2022-yilning 15-iyun kuni Jarqo‘rg‘on tumanidagi O`zbekiston ko`chasida harakatlanayotgan haydovchilarga va “Vatanparvar” tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarga va tahsil olayotgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari” to‘g‘risida tegishli tushunchalar berildi va “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga ko‘ra shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq:
- aholi punktlarida transport vositalarining tezligini
soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi
yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va
yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20
kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilgan. Bunda Yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati
qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari
harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;
- yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom
qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar
bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi
avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
- yuk avtomobillari, Yo‘l harakati qoidalarida
belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng
qatnov qismidan harakatlanishi shart;
- transport vositalarining qayrilib olish joylarida va
unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlanadi;
- sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha
ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov
qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur
qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:
fuqarolarning, ayniqsa, bolalarning yo‘l-transport
hodisalari hamda oqibatlaridan himoyalanganligini ta’minlash maqsadida aholi
hamda haydovchilar o‘rtasida 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus bolalar
o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi
moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa
o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari,
shuningdek, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda
yo‘lni kesib o‘tishda va yo‘l yoqalaridan yoki qatnov qismining chetidan
harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar
bo‘lishi inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ‘ib
qilish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklangan.