May 12, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Xalq ta`limi boʻlimida Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari R.T.Nazarov va S.Shaymanovalar ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultlari R.Nazarov va S.Shaymanovalar ishtirokida 2022 yil 12 may kuni Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan hamda "Sog`liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi bo`yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

“Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–764-son, 15.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan. Unga koʻra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa koʻplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan.

“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–763-son, 12.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat: vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik (shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy ichida bajarolmaslik); doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi va kreditor ega. Toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shartligi haqida tushunchalar berildi.