Jarqoʻrgʻon tuman Xalq ta`limi boʻlimi xodimlari va tumandagi maktab direktorlariga 21.06.2022 yilda Jarqo'rg'on tumani YXKM bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov va tuman hokimi o`rinbosari A.Rajabov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyndagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berilayotganli haqida tushunchalar berildi.
Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash ya`ni ular :mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi; qishloq xo‘jaligi bo‘limi; turizm va madaniy meros bo‘limi; sportni rivojlantirish bo‘limi; oila va xotin-qizlar bo‘limi; davlat soliq inspeksiyasi; aholi bandligiga ko‘maklashish markazi; davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni qamrab oladi.