Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Madaniyat boʻlimida 03.06.2022 yilda Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.
Huquqiy tag'ibot tadbiri doirasida mehant qonunchligida belgilangan ish vaqtining normal muddatlari mazmun va mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli qarorini atroflicha tushintirishlar berib o'tildi. Shunigdek, tadbirda Xalq ta'limi bo'limi xodimlari qiziqtirgan savollarga javoblar va huquqiy tunshintirishlar berildi.