Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Madaniyat boʻlimida Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.
Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti R.Nazarov ishtirokida 2022 yil 16 may kuni Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi, hamada hafta davomida qabul qilingan normativ xo`jjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
“Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–764-son, 15.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan. Unga koʻra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa koʻplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan.
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–763-son, 12.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat: vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik (shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy ichida bajarolmaslik); doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqilishi haqida.
“Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–240, 11.05.2022 y.) qabul qilindi Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi "Ye-Antikorrupsiya" loyihasi to‘liq ishga tushiriladi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash; “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reestri”ni shakllantirish va yuritish; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish haqida tushuntirishlar berildi.