May 27, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Xalq ta`limi boʻlimida Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti R.Nazarov ishtirokida 2022 yil “27” may kuni Jarqo‘rg‘on tuman Xalq ta`limi bo`limida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, 2022 yil 12 aprel kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-763-son qonuni, 2022 yil 15 aprel kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-764-son qonuni, 2022 yil 16 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-769-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi "Ye-Antikorrupsiya" loyihasi to‘liq ishga tushiriladi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash; “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reestri”ni shakllantirish va yuritish; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish haqida tushuntirishlar berildi.