May 18, 2022

Jarqoʻrgʻon tumani Maktabgacha ta`lim boʻlimida Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi va tuman YXKM boshlig`i hamda bosh yuriskonsultlari OAVlari ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda, Jarqo`rg`on tumani Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i S.Allanazarov tomonidan, 2022 yil 09 fevral kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-752-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyndagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori to`g`risida tushuncha berdi. Tadbir davomida, Jarqo`rg`on tumani Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Nazarov va S.Shaymanovalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 01-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-sonli farmoni va 2022-yil 07-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-sonli farmoni va “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–240, 11.05.2022 y.) qabul qilindi Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi "Ye-Antikorrupsiya" loyihasi to‘liq ishga tushiriladi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash; “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reestri”ni shakllantirish va yuritish; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish haqida tushuntirishlar berildi.