May 26, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Moliya boʻlimida Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti R.Nazarov, ishtirokida 2022 yil 26” may kuni Jarqo‘rg‘on tuman Moliya bo`limida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, 2022 yil 12 aprel kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-763-son qonuni, 2022 yil 15 aprel kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-764-son qonuni, 2022 yil 16 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-769-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-249-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 08 apreldagi “Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi PQ-199-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.