Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani "Ulug`bek" MFYda Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari R.Nazarov va M.Mamayusupovlar ishtirokida huquqiy maslahat va tushuntirish tadbiri o'tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5216-sonli qarorining 15-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligining 2021-yil 18-oktyabr kunidagi 12/2-1/16-12-1/3326-sonli topshirig'ining 8-bandi yzasidan Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalar hamda farzandlikka yoki vasiylikka olingan bolalarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida Jarqo'rg'on tumanidagi "Ulug`bek" MFYda yashovchi Pishulina Anastasiya Viktorovna va vasiysi Bekmurzina Elviralar bilan "ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalar hamda farzandlikka yoki vasiylikka olingan bolalar va ularning vasiylari bilan" bepul yuridik yordam ko'rsatish maqsadida (uy-joy, nafaqa, moddiy yordam, tulovlar, imtiyozlar va boshqa masalalar bo'yicha) huquqiy maslahat va tushuntirish ishlari olib borildi.