Jarqoʻrgʻon tumani 1-sektor binosida Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida tumandagi 1,2,3 va 4-sektorlar hududidagi mahalla xotin-qizlar faollariga o`quv seminar tadbiri o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasining 2022 yil 23 may kunidagi № 8/1-1/267-sonli topshiriq xatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga asosan, har bir mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasi va mahallada ijtimoiy xizmatlarni yuritish bo‘yicha seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlarni joriy yilning may oyida o‘tkazish belgilangan hamda o‘quv dasturlari tasdiqlangan.
Tasdiqlangan o‘quv dasturiga asosan tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joriy yilning 25-may kuni soat 09:00dan 12:00gacha tuman 1-sektor binosida “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamiga xizmat ko‘rsatish turlari va tartibi, mazkur sohada berilayotgan imtiyozlar” mavzusida tuman 1,2,3 va 4-sektorlari hududidagi mahalla xotin-qizlar faollariga ma’ruza qilinib, huquqiy tushunchalar berildi.