June 10, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Moliya boʻlimida 10.06.2022 yil Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda, 2022 yil 05 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksiga qo`shimcha va o`zgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-767-son qonuni, 2022 yil 16 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-769-son qonuni, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaroviy qurol va uning o`q-dorilarini hadya etish taqiqlanishi toʻgʻrisida”gi O‘RQ-772-son qonuni, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Ko`p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o`zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-773-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori,   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 may kunidagi “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-263-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.