June 3, 2022
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Xalq ta`limi boʻlimida 03.06.2022 yilda Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.T.Nazarov ishtirokida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.
Huquqiy tag'ibot tadbiri doirasida mehant qonunchligida belgilangan ish vaqtining normal muddatlari mazmun va mohiyati, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.06.2022 yilgi 295-sonli qarori " Xalq ta'lim tizimida davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomilashtirish to'g'risida" va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2022 yilgi 271-sonli qarori "2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to'g'risida" atroflicha tushintirishlar berib o'tildi. Shunigdek, tadbirda Xalq ta'limi bo'limi xodimlari qiziqtirgan savollarga javoblar va huquqiy tunshintirishlar berildi.