Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani "Yangiusul" MFYda Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi xodimi B.Maxsumov va YXKM bosh yuriskonsultlari R.Nazarov va S.Shaymanovalar ishtirokida huquqiy maslahat va tushuntirish tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Ko`p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o`zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-773-son qonuni, 2022 yil 06 iyun kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun xujjatlariga o`zgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-775-son qonuni, 2022 yil 07 iyun kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to`g`risidagi qonun xujjatlariga o`zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-son qonuni, 2022 yil 16 iyun kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-779-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko`rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-287-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi “ Nogironligi bo`lgan yoshlarga o`qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlash to‘g‘risida”gi 341-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.