April 5, 2022

Tibbiyot xodimi ishga tiklandi!

Adliya vazirligi tomonidan "Sogliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish" doirasida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida Qumqo‘rg‘on tuman "To'g‘on" MFYda yashovchi fuqaro O'.Artiqov 2022-yil 12-martda tuman adliya bo‘limiga tuman tibbiyot birlashmasidan noqonuniy ishdan bo'shatilganligini bildirib murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar natijasida tuman Tibbiyot birlashmasiga 2022-yil 15-martda 9/1-3/36-1-sonli taqdimnoma kiritilib, fuqaro O'.Artiqovning huquqlari tiklanib, ishga tiklanishiga erishildi.