November 29, 2021

ADVOKATLARNI KASBIY FAOLIYATIGA OID SEMINAR TASHKIL QILINDI

Joriy yilning 27 noyabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida "Advokatlarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ta'qiblar, asossiz cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilaylik" mavzusida seminar tashkil qilinib, unda adliya boshqarmasidan Alisher Ismoilov mavzu yuzasidan ma'ruza qildi. Shuningdek, hududiy boshqarma tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha advokatlar ishtirokida Surxondaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i Axmad Qayumov shu yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining navbatdagi Boshqaruv yig‘ilishida muhokamaga quyilgan ba'zi masalalar xaqida gapirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq va advokatura sohasidagi bugungi kundagi islohotlari hamda aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha advokatlarning kecha va buguni, yosh advokatlarni o‘rnini to‘ldirish va boshqa masalalar haqida ma'ruza qildi.

Seminar davomida ishtirok etayotgan tuzilma rahbarlari va advokatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi