π΄ππππππ
πΈπππππ π 'episodeΒ³'
Uni ustiga men seni kechirmaslikga qaror qilganman.
O'shandagi holatni hali ham unutolmadim. O'sha qichqiriqlarni...
"Qizni ko'zi namlanib yuzidan
tomchi yosh oqib tushdi"
Suzy: Qorong'u tun biz tungi klubdan chiqdik.
Men juda ham charchab ko'zlarim yumilish arafasida.
Jimin uyimga tashlab qo'yaman degani uchun rozi bo'lib mashinasiga o'tirdim. U ham haydovchi o'rindig'iga o'tirib mashinani ishga tushurdi. Yo'l biroz uzoq bo'lgani tufayli uyqim ustun kelib ko'zlarimni yumdim.
Yo'lda ketar ekanman uyqudaman ammo Jimin telefon orqali asabiy kim bilandur suhbat qurayotganini hiralik va tushunarsizlik orqali eshitardim. Uyqu ustunligi bilan to'liq uhlab qoldim.
"Biroz vaqtdan so'ng mashina qandaydur qorong'u o'rmonga o'xshaydigan joyda to'xtadi.
Jimin qizni uxlayotganiga ishonch hosil qilib mashinadan tushdi va eski ombor hududga kirib bordi.
Suzy: Ko'zlarimni ochar ekanman uyga keldik degan o'y bilan atrofga qaradim. Mashinada bir o'zim.
'Meni uyg'otishni istamagani uchun Jimin uyg'onishimni kutyapti degan o'y meni butkul tark etdi.
Qorong'u daraxtlar va g'ira-shira atrofni yoritib turgan chiroqlar. Men qayerdaligim va Jimin nega bu yerga yolg'iz tashlab ketgani meni o'ylanitirib mashinadan tushdim. Chiroqlari hira yoritilgan ombor tomon qadam bosar ekanman, ichimda qandaydur notinchlik bor edi.
Yaqinlashganim sari ovozlar tiniqroq kelardi. Kimdur qattiq yig'lab yolvorayotgan ovoz. Men ortga qaytishim kerakmi degan hayol bor edi. Ammo ichimda qandaydur qiziqish oyoqlarimni o'sha yerga borishga majbur qilayotgandi.
Qattiq chinqiriq quloqlarimni kar qilayozdi.
Huddiki meni ruhim tanamdan chiqib ketgandek his qilyapman. Qandaydur shok holatdan chiqdimmi tezroq u yerga borib kichik eshikdan ichkariga qaradim.
Yo'q bo'lishi mumkin emas, bu nimasi.
"Qiz qo'llari yordamida og'zini yopib ko'zlari yoshlangan manzara hiralashgan edi. Bu ko'zlar Jiminning oq ustki kiymiga qon sachragannini, yerda jonsiz tana qo'llari kesilgan yoki chopilganini aniq ko'rdi. Atrofda esa begona erkaklar. Jimin atrofga qaragan ham ediki eshik ortida bu manzaraga guvoh bo'lgan kishini ko'rdi."
: Men uni bu holatimni ko'rishini istamagan edim. Ammo u asli qandayligimni ko'rdi. Afsus men u uchun oddiy hech qanday maxsusligi yo'q yigit bo'lmoqchi edim. Hammasini o'zgartirishga to'g'ri keladi.
"Qiz Jimin bilan ko'zlari to'qnashgandan so'ng ortga bir ikki qadam tisarildi. Va u yerdan ketish muhumligini chungan zaxoti, yugurishni boshladi"
: Qayerga ketyapman, nima qilishim kerak bilmayman ammo qochishim kerak. Bu vaxshiylik. Bir insonni shunchaki o'ldirish va u men sevib qolayotgan odam tomonidan bajarildi. Atrof qorong'u, katta daraxtlar huddiki meni ustimga qulayotgandek, oyoqlarim toshlarga tegib yiqilishim uchun imkon qilayapti.
Nega men tezroq yugura olmayapman.
Qattiq harakat qildim ammo bir yo'l bor o'zim bu yerga kelgan mashina ichiga o'tirish. Tezda mashinaga chiqdim va ichki tomondan qulfladim. Oyoqlarim, tanam ishlashdan to'xtadi.
Jimin: Uni ortga tisarib nimanidur anglagandek yugurishni boshlaganini ko'rishim bilan, ortidan quvdim huddiki jonini asrashga harakat qilayotgan, yashashni qattiq istaydigan bug'u singari. Uning bu harakatidan biroz mamnundek his qilyapman o'zimni.
"Mashina oldiga yetib kelgan Jimin mashinani pult yordamida ochdi va haydovchi o'rindig'iga kelib o'tirdi. Old o'rindiqda unga qo'rquv bilan tikilib turgan qizni ko'rib qo'llarini uni yuzi tomon olib bordi va mayinlik bilan yanog'idan siladi. Qon bo'lgan oq futbolkasini ustidan yechib tashladi. Yalang tana uni yanada havfli ko'rsatyapti.
: Jimin mashinaga chiqishi bilan tanamni harakatlantirolmay qoldim. Ko'zlarim uni ustidagi qizil dog'larda ular yangidek qorong'ulikdagi hira yorig'likda qizillik sezilib turibti. Bugun men uchun qizil ranga nisbatan qandaydur qo'rqinch paydo bo'ldi. Uni qo'llari yanog'imni silaganda, nafasimni ushlab turdim huddiki nafas olishim meni o'ldirishiga sabab bo'ladigandek.
Ko'ylagini osonlik bilan yechib mashina ortiga tashladi. Uni bunday mushaklari borligini tasavvur ham qilmagan edim.
Ko'zlarimni tezda uzib atrofga ko'z yugurtirdim. Ombor chiroqlari o'chdi. Men u yerga qaramaslikni istayman ammo yerdagi jonsiz tana, qon bo'lgan asboblar, yerda uzilgan qo'llar, men daxshat ichidaman.
: U yerga qarashni to'xtat va ko'rganlaringni unut.
"Bosiqlik va beparvolik bilan chiqqan so'zlar"
: Unut! Unutay seni ham ko'rganlarimni ham barcha narsani unutishni istayman!
"Titroq ovoz va yosh tomchilari hech qanday his yo'q yuzdan tomchilayapti"
"Jimin hozir biror so'z aytish befoydaligini his qilib ustiga boshqa bir ko'ylak olib kiydi. Va mashinani harakatlantirdi. Yo'l bo'yi qizga juda ko'p bor ko'z tashladi. Uni har qanday harakat qilishini kutdi ammo yo'q huddi haykal singari qotib qolgan."
Jimin: Uyingda yolg'iz qola olasanmi yoki menikida qolishni istaysanmi.
"Bu holatida uyida yolg'iz bo'lishi ayni payt havflidek tuyildi"
: Uyimga tashlab qo'y. Meni uyim sendan ko'ra havfsizroq. Shuningdek yolg'iz qolishim ham.
"Yig'idan bo'gilgan ovoz bilan ma'lum qildi"
: Yaxshi istaganing. Ertaga albatta gaplashamiz.
"Deyarli yarim tundan o'tgan. Mashinalar ko'chada kamnamo harakatlanyapti. Mashina qizni uyi oldida to'xtadi. Hech qanday hashamat yo'q. Uch qavatli uylar bilan to'lgan ko'cha. Qiz uyi oldiga to'xtaganini ko'rishi bilan tezda mashina eshigini ochib tushaman deb harakatlangan ham ediki qo'lidan ushlab mashina ichiga qaytadan tortildi. Va Jimin ochilgan mashina eshigini qaytadan yopib qulfladi."
: Ertagacha yaxshi bo'l odattagidek. Meni sen uchun yomon inson bo'lishga majburlama maylimi.
: Nima kutyapsan mendan, odatdagidek. Seni ortiq eshitishni istamayman. Sen havfsan, menga esa sokinlik kerak.
"Jimin qizni yuziga tushgan tartibsiz sochlarini quloq ortiga mayinlik bilan o'tkazdi"
: Havfman ammo sen uchun emas!
: Seni gaplaring men uchun ahamiyatini yoqotdi. Sendan nafratlanaman, sendan qo'rqam...mmm
"Jimin qizni gaplarini lablari yordamida kesdi va chuqur ehtirosli bo'sa olishni boshladi. Qiz qattiq tipirchilar va qarshilik ko'rsatib uni itarishga harakat qildi. Jimin so'ngi bor lablarga tishlarini botirib bo'sani uzdi. Yuziga kelib tushgan qattiq tarsaki va mashina qulfdan ochilib qiz tezlikda uyi tomon kirib ketdi. Jimin esa labida tabbassum bilan tarsaki urilgan yuzini silab biroz vaqt Suzy kirib ketgan uyni kuzatdi."