𝑀𝑢𝑠𝑒
so you can never escape.”
Yujin: Taehyungning uyiga yetib kelganimizda u juda ham tartibli erkak ekaniga yana bir bor amin bo’ldim. Hatto javondagi kitoblarni birortasi ham o’z joyidan siljimagan bir chiziqda tortilgancha ko’zni qamashtiradi. Men bir narsaga hech tushuna olmayapman, bunday ideallikni yaxshi ko’ruvchi inson meni sevib qolishi. Ishonarsizdek. Tan olaman, men ham tartibni yaxshi ko’raman ammo ba’zi vaqtlarda mendagi dangasalik va tartibsizlik meni yaxshi ko’rgan narsalarimdan ustunroq kelishiga aminman. Hayollarimni ort tomondan kelgan yigitning o’tkir ovozi bo’lib yubordi.
— Sen uchun qahva olib keldim. –Taehyung stol ustiga qahvani qo’ygancha qizga nigohlarini ko’chirdi.
: Qahva uchun raxmat ammo kech bo’lib qoldi, menimcha qahva shart emas edi.
— Aynan! Kech bo’lib qoldi va qahva sen uchun ayni muddao. Uyimga faqatgina uyqudagi malika bo’lishing uchun olib kelmadim.
: Hey, bolakay! Hayolingda nima bo’lsa ham bu amalga oshmaydi. – Taehyung lab chetida kulgancha oradagi masofani qisqartirdi.
— Men nima o’ylayotganimni qayerdan bilasan, Londonlik bezori. –Yujin ko’zlarini olib qochgancha, o’zidagi bu fikrdan tanasi jimirlab ketdi.
: Shunchaki ogohlantirdim…. –Taehyung qizning belidan qo’lini o’rab o’z tanasi bilan birlashtirdi.
— Sezyapsanmi, yana takrorlanyapti?!
: Aynan nima takrorlanyapti? –Yigitning lablaroda yoyilgan kemg tabassum, qizni ham biroz jilmayishiga sabab bo’ldi.
: Balki tabassuming sababini aytarsan, Kim Taehyung…
—Oh shunchaki, bu Kim Taehyung deganlari Londondagi klublardan birida bitiruv oqshomini nishonlayotgan qizni so’zlari mening uyimda huddi o’sha qiz bilan qayta takrorlanayotgani meni hursand qilyapti.
: Buni eslatishingni istamayman! –Yujinning yuzidagi qizarish, yigitni tabassumini kengaytirayotgan edi. Yujin qarshisidagi yigitning ko’ksiga ogohlantirgancha kichik musht tushirdi.
— mushukcha kabi harakat qilyapsan.
: Meni mazah qilyapsanmi? Men hali ham o’sha shisha bilan klubdagi bolakayni aqlini olgan qizman. Unutma
— Bu so’zlaringa qo’shilaman. Meni o’sha chandiq bilan muhurlagan birinchi va yagona bo’lgan qiz sensan, Shin Yujin.
Buni hech kim o’zgartira olmaydi. – Ikkisining orasida bo’lgan noqulay sukunatni qizning savoli butunlay buzib yubordi.
: Meni tanlashing uchun biror sabab bormi? –Yigitning, koylagidagi tugmachasidan qo’l uza olmayotgan qiz, nigohlarini biroz yuqorilatdi. Taehyungning sukunati qizni to’liqligicha yigitning nigohlarini ushlashga urundi.
— Men seni tanladim deb kim aytdi…. –Yujin shunchaki harakatdan to’xtab tanasidagi muzlashdan biror so’z ayta olmay qoldi. Taehyung qizning yuzini qo’llari orasiga oldi bosh barmoq esa Yujinning lablariga suritildi.
— Agar tanlov meni qo’limda bo’lganida, men hayotimga hech kimni qabul qilmagan bo’lar edim. Ammo meni boshqa inson ko’rinishida yuzlashishimga sen sababchisan.
: Demak men, soxta Taehyung bilan munosabat boshlayapman
— Qisman shunday. Sen bilan bo’lganimda hatto o’zimni taniy olmayman.
: Unda men asling qandayligini ko’rishni istayman. –Yujinning yuzidagi kaftlar siqilishi va lab qisimga barmoqlar qattiqroq bosilishidagi taranglik qizni bir zum hayron qoldirdi. Yigitning qaynoq nafasi qizniki bilan birlashgan.
— Meni aslimni ko’rish uchun yetarlicha kuchlisan deb o’ylamayman. Buni hoxlamaganing ma’qul, ballerina
: Pff, Taehyung! Meni sendan qo’rqishimni istagandek ba’zida shunday ahmoqona gaplar gapirasan. Qahvam sovib qoldi, meni qo’yib yubor. – Yujin ko’zlarini olib qochgancha yigitning bilaklaridan ushlab yuz qismidan olib tashladi va yashash xonasining markazida joylashgan shishali stol ustidan biroz iliq ammo qaynoqligi tarqamagan qahvani olib, o’zini chalg’itishga uruna boshladi.
— Sizni o’ylamasdan qilgan harakatlaringiz sabab jarohat olgan oyoqlaringa mehrimni berishga ruxsat etasanmi, Yujin xonim.
– Taehyung qisqa boshini qimirlatib lab chetida kulib qo’ydi va kerakli dorilarni olib Yujin o’tirib olgan divan yoniga tizzalari bilan cho’kdi. Qizning oyoq bilagidan ushlab astalik bilan uni o’z tizzasiga joyladi va Yujinning shikast yetgan tirnoqlarini asta sekin infeksiyaga qarshi suyuqlik bilan tozalay boshladi. Qizning yuzi achishishdan biroz o’zgardi, Taehyung ko’zlarini yuqorilatib Yujinning oyoqlariga tinchlantiruvchi silash bilan ishini davom ettirdi.
— Ballerina…. – Lablari ostida ming’irlagancha jilmayib qo’ydi.
: Ho’sh, men ham seni faqatgina Mehmonxona biznesi bilan shug’ullanadigan kompaniyalar direktori emasligingni bilaman, Kim Taehyung. Eslasang bir marotaba guvoh ham bo’lganman.
— Buni unutmasligim aniq. Quloqsiz qiziquvchan inson ekaning sabab bir balodan saqlab qolganman seni.
: Huh, men u yerda do’st topishga ham ulgurgan edim…
: Yaxshi yaxshi, menga bunday qarama.
— Unda har bir tanishgan yigitni do’st deb atashni bas qil. Ularni hech biri senga do’st bo’la olmaydi.
: Nega endi, menda Henry bor…
— Uni senga bo’lgan tuyg’ulari haqida hatto men ham bilaman. Va u qo’rqoqni ismini bu shirin tilinga olma, sevgilim. –Taehyung qilayotgan ishini sezgirlik va ehtiyotkorlik bilan qilar ekan Yujinni qattiq kulgusi uni biroz hayratga soldi.
: Sevgilim? – Kulgu orasida qaytargandek bo’ldi qiz. Taehyung ham uning bunday kulgusini eshitib mavzu qanchalik asablarini taranglashtirmasin lablariga tabassum yoyildi. Ko’ksida yoyilgan iliqlik uni necha yillardan buyon tuymagan hotirjamligini olib kelgandi. Bu hislar unga notanishdek ammo his qilingan iliqlik unga juda yaqin kabi edi. Bu lahza nihoyasiga yetmaslikni va qarshisidagi qizni kulgusini doim eshitish istagi uni chulg’ab olgandi. Bu uydagi yolg’izlik muhutini Yujinning kelishi parchalab tashlagandek go’yo.
— Qani, menimcha juda charchagansan va kech kirgani uchun yalmog’iz kabi kulyapsan. Men uyda bir o’zim qolsam atrofdan shunday kulging jaranglasa qo’rquvim sabab bir umir men bilan yashashinga to’g’ri keladi.
: Yaramas ahmoq, menga telba kabi tikilib qolgan eding. Men juda chiroyliman buni o’zing ham bilasan. – Taehyung qizni bir urunishga ko’targancha yotoqxona tomon qadamlarini yo’naltirdi.
— Juda chiroylisan, hatto seni shu uyga butun umrga qulflab faqat men uchun bu kulgularni eshittirishingni istayman.
: Hoy balki shifokorga qo’ng’iroq qilarmiz, sendagi bu gaplar sog’lomlikdanmi yoki ruhiy…
— Jim bo’l, Yujin. Bu lablaring istaganini gapiryapti…
: Balki…. – Yujin tabassum qilgancha pastki labini tishlab yuzini uning ko’ksiga ko’mdi.
: Sochlarimni silagan yumshoq qo’llar va ko’zlarim ustidan yuritilib barmoqlar meni ko’zlarimni ochishimga majbur qildi. Xona qorong’u ammo nur ostidagi qarshimdagi ayol tanasi meni doimgi kabi qo’rqitmadi. Bu xonadagi yagona yorug’lik kabi edi. Yotoqdan turishga harakat qildim, va xonaga qarab Taehyungni ko’rish uchun yon tomonimga qaradim. U uyquda, bilaklarimdan ushlagan yumshoq kaft meni qayta ayolga tikilishimga sabab bo’ldi. Uni doim yuziga qiziqqanman, ammo doim qorong’ulik uni ko’rishimga halaqit berar edi. Hozir esa yorug’lik uning yuzidan taralib meni ko’zlarimni ochishimga ham to’sqinlik qilayapti. Uning ortidan ergashar ekanman, nafas olishim ham juda yengil edi. Biror nima deyishga harkat qilib ko’rdim ammo ovozim hatto o’zimga ham eshtilmayapti. Bu ayol, bu iliqlik men uni bir necha marotaba ko’rganman, ammo bu tarzda yumshoq va mehirli emas edi. Xonadan chiqib zinalardan pastlar ekanmiz, qayerga ketayotganimiz menga juda ham qiziq edi. Bu haqiqatmi yoki tush anglolmay qoldim go’yo. Yo’lakdan o’tib xona eshigi yonida to’xtadim. U qarshimda quloqlarimga yaqin keldi “ uni asra” chuqur nafas olgancha o’rnimdan turib ketdim. Labimdan istar istamas shu so’z chiqdi “ uni asra” kimni asrashim kerak. Atrof juda jim, belimdan o’ralgan qo’l va bo’yin qismimga urulayotgan issiq nafas bu tush ekanligini bildirdi. Chuqur nafas olgancha, o’rnimdan turdim. Taehyung, uyqudaligiga ishonch hosil qilgancha xonadan chiqdim. Zinalardan pastlab uzun yo’lakda to’xtadim, huddi tushim takrorlanayotgan kabi edi. Oshxona tomonda joylashgan eshik oldiga yaqinlashdim, tushimdagi eshik biroz eski va hozirgidek emasdi ammo aynan shu xona ekanligiga aminman. Eshik tutqichini pastga tushurib ochishga harakat qilganimda belimdan ushlagan qo’l eshikdan qattiq tortib oldi. Qo’rquvdan yuragim to’xtab qolgandek edi.
— Bu soatda bu yerda nima qilyapsan?!
: Taehyungning ovozi uyqudan so’ng juda sovuq ohangda yo’g’onlashgan edi. Bu huddi jinoyat ustida qo’lga olingan kabi his.
— Men shunchaki chnqagan edim.
— Ammo bu uchun yotoq yoniga suv olib kelib qo’ygan edim.
: Meni nega so’roq qilyapsan, sovuq suv istadim. Men oshxona qayerdaligini unutdim shuning uchun…
— Hmm, ishondim deylik. — Taehyung qarshisidagi oyna bilan qoplangan va yoritgichi nim yoritilgan oshxonaga nazar tashladi. Yujin ham aytgan yolg’oni ishonarli emasligi uchun o’zini la’natladi.
— Bu juda eski xona, shunchaki hech kim foydalanmaydi. Yuraqol. – Taehyung qizni ort qismidan ushlab, oshxona tomon yo’naltirdi. Yujin tezda muzlatkichdan sovuq suv olib ichishni boshladi. Huddi ichidan kelayotgan qiqizish va qaynoqlikni bosishga urungan kabi. Taehyung qo’llarini ko’ksiga kesishtirib qizni shoshqaloq harakatlarini qoshlarini biroz uchirib kuzatdi.
: Ha yaxshiman, nega bu vaqtda uyg’oib olding.
— Yonimda yo’qliging sabab, uyg’ongandim.
: Dadamga shifoxonadan javob berishganiga 2 kun bo’ldi. Men o’sha tundan so’ng, o’z uyimga qaytdim ammo ichimdagi bir ovoz qayta borib eshik ortidagi xona tomon meni chorlayotgandek edi. O’sha ayolni teginishini eslasam tanamda yengil titroq bir zum chulg’ab olyapti. Bugun Taehyungni birinchi bor kechki ovqatga taklif qildik. Dadam ham bunga rozi bo’lgandek ko’rindi, oyim esa bundan juda xursand. Henry bilan esa qo’ng’iroq ortida hayirlashdik Londonga oilasidagi muammolar sabab qaytishga to’g’ri kelibdi. Bilishim bo’yicha uning ota-onasi ajrashishmoqchi. Buni eshitganimda o’zimni juda yomon his qildim. Dalda berish uchun tez tez qo’ng’iroq qilib ahvoli haqida habar olyapman. Huh, pardozni tugatdim. –Yujin yengil pardozini tugatgancha, kiyim tanlash uchun juda ko’p vaqt sarfladi yotoq ustida kiyimlar xonani juda tartibsiz qilib ko’rsatyapti. Mos tushadigan kiyimni tanlaganida ko’zlarida kichik nur maydo bo’ldi.
Qo’limdagi telefon ekranida Taehyungning ismi chiqqanida yuzim yorishib tezda javob berdim. — Eshitaman…
— Bezori! Uying yonidaman, chiq! – Yujin qizil tugmani tezda bosgancha o’rnidan turdi va zinalardan pastlab eshikni tabassum bilan ochdi. Qizning ko’zlari quvonchdan porlab, yigit yoniga yugurdi.
: Eshikni ochkanimda Taehyungning qo’lidagi qizil uchar sharlarni ko’rib hayron qoldim. Bu juda kutilmagan edi, men quvonchdan u tomon yugurdim, mashinaga suyanib turgan yigit men haqimdagi bu ma’lumotni qachon va qayerdan olganini bilmayman, ammo birgina bu harakat meni bunchalar hursand qiladi deb o’ylamagan edim hatto.
— Judayam ochilib ketibsan, –Taehyung qizning beliga qo’lini o’rab tanasiga yaqinroq tortdi va peshonasiga lablarini bosdi. Qizning yuzida tabassum qilganda paydo bo’ladigan chuqurchalarni ko’rish u uchun boshqa hislarga o’xshamaydigan tuyg’uni berayotgan edi.
: bu kutulmagan edi. Nima deyishni bilolmay qoldim to’g’risi.
— Unda aytma, tabassuming men uchun yetarli. – Yujin oyoq uchida turgancha Taehyungning bo’yin qismiga lablarini bosdi, burniga urulgan o’tkir erkaklar parfumi qizni aqildan ozdirayotgan edi. Taehyung to’satdan bo’lgan yaqinlikdan taranglashdi va qizning belidagi qo’li biroz qisilib qiz uchun bo’ynini ko’proq ochib berish maqsadida boshini yon tomonga biroz tashladi.
: Raxmat, Tae…. –Qiz uning quloqlari ostida pichirlab uzoqlashdi.
— Doim bezori bo’lib qolishing men uchun kifoya. –Yujin jilmaygancha yigitning qo’lidan sharlarni oldi va Taehyung bilan uy tomon qadamlarini oldimlatdi.
Shin xonim ochiq chehra bilan kutib olgancha salomlashdi. Shirin taomlar bilan bezatilgan stol tomon yigitni taklif qildi.
Mrs Shin: Yujinni otasi birozdan so’ng keladi, Taehyung. – Shin xonim tabassum bilan ma’lum qilgancha oshxona tomon g’oyib bo’ldi. Yujin ham xonasiga uchar sharlarini qoldirib tezda qaytdi.
— Ho’sh nimani bilishim kerak, – pichirlashdan biroz baland ovozda qizga e’tiborini ko’chirdi va Yujinning yelkasidan tushgan sochlarini barmoqlari orasiga olib biroz erkaladi.
: Dadam kelyapti…. –Yujin zinadan pastlayotgan oyoq tovushini eshitgan zahoti yigitni ko’ksidan ortga surgancha o’zi stolning bir boshqa burchagiga turib oldi. Taehyung uning harakatlaridan lab chetida tabassum qilib qo’ydi.
— Janob Shin, ahvolingiz yaxshi deb umid qilaman.
Mr.Shin: Menda hammasi joyida, kompaniya ishlari bir o’zingni charchatib qo’ymadi deb o’ylayman.
Mr.Shin: Qani o’tirsak va qolganini ovqat ustida gaplashamiz. Qizim nega u yerda qotib qolgandek qimirlamay turibsan.
: Ah men?! Shunchaki. – Taehyung qizga qisqa nigoh tashlagancha stullardan biriga o’tirdi. Yujin o’z ismini oshxona tomondan eshitishi bilan oyisining yoniga shoshilgancha g’oyib bo’ldi.
— Yujin qizim, manabu pishirganda narsangni olda stolga olib bor. Muncha hayol surib dovdiragancha yuribsan.
: Oh oyi, Taehyung Dadm bilan birga turganda men ular orasida qandaydur o’xshashlik borligini sezdim. Juda ham menga mos yigit shunday emasmi?! –Shin xonim qizining qo’liga yengil urgancha ogohlantirish berdi.
— Qani tannoz hech kimga imkon berishni istamaydigan, Yujin. Sen uyalmay menga bu gaplarni aytyapsan. Yigitni oldida unday qila ko’rma.
: Uff oyi, albatta unga bu gaplarni aytmayman. Shunchaki buni tan olmaslikni iloji yo’q.
— Yaxshi mayli, yuraqol. — Yujin o’zi tayyorlagan tortni olgancha oyisining ortidan stol tomon yaqinlashdi.
Mrs.Shin: Marhamat, Yujin erta tongdan beri qulupnayli to’rt tayyorlayman deb barchani oyoqqa turgazdi. –Yujin oyisini bu gaplaridan yuziga uyattadn qizg’ish rang yugurdi.
— Nima haqiqatni tan olish kerak emasmi…. – Yujin stolga tortni qo’ygancha Taehyungga qisqa nigoh tashladi. Yigit qoshlarini biroz uchirib qizga savol nigohi bilan tikildi. Yujin yigitning yonidagi stolga o’tirar ekan Taehyungning tizzasi qiznikiga tegib Yujinni biroz hayron qoldirdi.
— Demak qulupnayli to’rt, sen tayyorlading…. – quloqlari yaqinida pichirlagan yigit qaddini tiklab o’z holatiga qaytdi.
Mrs.Shin: Qani shirinlikni taomdan so’ng kesamiz hozir esa…
— Kechirasiz, Shin xonim. Qarshi bo’lmasangiz “sevgilim” tayyorlagan shirinlikni tatib ko’rsak. – Yujin Taehyung bunchalar bemalol o’z istaklarini bildirishiga shunchaki hayrat bilan tikildi. Janob Shin esa sevgilim so’zi ishlatilinganligidan biroz taranglashdi.
: Oh albatta, Taehyung. Bu ajoyib bo’lar edi. Chunki biz Yujinni bunchalik hayajon bilan biror narsa pishirganini ko’rmaganimizga ancha vaqt bo’lgandi. – o’ynoqilik bilan qiziga ko’z qisib qo’ygan ayol, to’rtni kesishni boshladi. Yujin uyatdan stoltagiga kirib ketgandey o’tirgandi. Taehyung qo’lini qizning son qismiga olib borib biroz siqib qo’ydi. Qiz esa uni bilaklaridan ushlab to’xtatmoqchi bo’ldi.
: Nega bu yerda meni uyaltirayotganingizga hayronman, men shunchaki buni pishirdim. Ko’p harakat ham qilmadim. Aytgancha buni men biror kim uchun emas o’zim yegim kelgani uchungina tayyorladim.
Birdan eshik qo’ng’irog’i chalindi va Janob Shin o’rnidan turib, eshik tomon qadamlarini yo’naltirdi. Eshikni ochkanida esa politsiya xodimlari turgan edi.
— Bizga Shin Hwan, kerak edi…
: Shin Hwan menman, muammo bormi?
— Bizga sizning ustingizdan ariza tushgan! Biz bilan maxkamaga borishingizni so’raymiz, Janob Shin…