December 23, 2025

𝑀𝑢𝑠𝑒

You are my music in silence,
so you can never escape.”

𝑀𝑢𝑠𝑒 ep6

Mashina ichida, sukut cho’mgani sabab yurak urishini ham eshita olish mumkin. Yujin, avvalroq qilingan sevgi izhorini deb hali ham o’ziga kela olmayotgani uchun asabiylik va noqulaylik tanasini chulg’ab olgan. Mashina ichida telefonning jiringlashi eshtilib ikkisining e’tiborini tortdi, Taehyungni qoshlari biroz chimirilar ekan qizning javlb berishini kutib diqqati osha boshladi. Yujin telefon ekranidagi, Henry yozivini ko’rib yonidagi yigitga qisqa nigoh tashladi.

— Javob ber!

: Menga nima qilish kerakligini o’rgatma.

— Yaxshi unda o’rninga o’zim javob beraman. –Taehyung qizning qo’lidagi telefonni tortib olgancha, hali ham ekrandan yozuvi o’chmagan isimni ko’rib barmoqlari telefon atrofida qattiq o’raldi.

: Menga ber, Taehyung. –Yigit qizning buyruq ohangda aytilgan gapini e’tiborsiz qoldirib ko’zlarini yo’ldan uzmasdan javob berdi.

—Eshitaman! –Yujin, yigjtga asabiy tikilgancha nafasi ostida so’kindi. Qisqa ko’z tashlab qo’ygan yigit, uning shirin lablaridan qanday so’z chiqqanini juda yaxshi eshitgan edi. Telefon ortidagi qisqa sukunatdan so’ng, Henryning ovozi yangradi.

: Yujin, qayerda. –Henryning ovozidan biroz asabiylik va g’azabni sezish qiyin emas edi.

— Men qayerda bo’lsam u ham o’sha yerda.

: Kim Taehyung, men bilan hazillashma. Yujinga telefonni ber.

— Men yosh bolalar bilan hazil qilishni yoqtiraman.

: Janob Shin, kompaniyada qizi yo’qligidan g’azablanyapti.

— Unda yetkazib qo’y, qizi kerak bo’lgan yerda kerakli inson bilan. Ha aytgancha, meni kompaniyamda ishlashni orzu ham qilma. –Qo’ng’iroq Teahyung tomonidan tugatilindi. Telefonni ort o’rindiqqa otib yuborgan yigit qo’llari rulda tarang qisilgancha asabiy mashinani haydashda davom etdi.

: Jin ursin, senga nima bo’lgan o’zi. Ruxsatsiz telefonimni yulib olasan, istaganingda otib yuborasan. Va istaganingcha dadamni qiyinchilik bilan, yuqoriga ko’targan kompaniyasini meniki deyishing oshib tushyapti. Menga avval shuni tushuntir Kim Taehyung!

— Meni bunday ohanga chaqirma. Anavi sotak bilan, bir hil ohanga ismimni aytishing meni asabimni taranglashtiryapti.

: Savolimga javob ololmas ekanman, meni shunchaki shu yerda tushurib qoldir. –Taehyung unga qisqa qaragancha, yuqori tezlikdan birdan mashinani yo’l chetiga oldi. Yujin tushish uchun, eshikni ochishga harakat qilar ekan, eshiklar qulfdan chiqarilmagan edi.

: Eshikni och, hoziroq

— Men seni ketishing uchun mashinani to’xtatmadim. Gaplashamiz, biz haqimizda, bundan kegingi qiladigan rejalarim haqida va sen haqingda.

: Savolimga javob kutyapman. Qanday qilib aksiyalarning ko’p foizi senga tegishli, nega sen bosh direktor lavozimidasan.

— Aksiyalarni sotib olganman, lavozimga kelsak… Otang kompaniyani ikki yil avval yoqotish arafasida edi, shundan so’ng mendan yordam so’radi. Men esa unga yordam berdim, shunday qilib kompaniya qonuniy egasi men bo’ldim. Shu holos. –Yujin, unga tikilib jim qoldi.

~Timeskip

: Dada, sizga necha marotaba aytdim. Biz shunchaki gaplashdik, boshqa hech narsa yo’q. –Yujinning otasi qiziga g’azab va asabiylik bilan tikildi.

— Nega u bilan yolg’iz, ketganingni tushuna olmayapman. Nega menga o’sha zaxoti qo’ng’iroq qilmading!

: Men sizni nima bunchalik asabiylashtirayotganini tushuna olmayapman.

— Xonanga chiq, Yujin. Afsuslanishim mumkin bo’lgan gap aytmasimdan xonanga chiq! –Janob Shinning asabiylikdan qo’llari biroz titrar ekan, ko’zlari ham qizarishga ulgurgan edi. Ayoli esa shunchaki, bir so’z ayta olmayotgan edi. Sababi erining bunchalik g’azablanishining sababini juda ham yaxshi bilar edi. Yujin, ham otasini birinchi bor bunday g’azabdaligini ko’rib ko’zlari tezda yoshlandi, va xonasi tomon shoshilib o’zini yotoqxonaga qulfladi.

: Qizimizga bunday qilishingiz to’g’ri deb o’ylaysizmi? –Shin xonim tinchlantiruvchi dori va suvni turmush o’rtog’ining qo’liga tutkazdi.

— Boshqa chora ko’rmayapman. Bu menga yoqyapti deb o’ylasang adashasan.

Qizimizni juda yaxshi bilaman, sevib qolayotganini sezish qiyin emas. Kim Taehyunggi kelsak, balki u asl haqiqatni bilar va qizimizdan foydalanmoqchidir. Men tavakkal qila olmayman.

: Demak, Taehyung oilasi va siz to’g’ringizda bilishi mumkin deb o’ylayapsiz. Ammo bilganida shunchaki, buni hisobini so’ragan bo’lar edi. U chindan sevib qolgan kabi harakat qilyapti.

— Bas qil, Youngja!

: Yaxshi sizning qaroringizga, nima bo’lsa ham qo’shilaman. Ammo Yujin bilan gaplashib oling. Uni bu holatda uyquga ketishini istamayman, bilasiz undagi xotiralar unchalik ham yaxshi emas. Uxlay olmasligi mumkin.

— Men u bilan gaplashaman. –Janob Shin ayolining peshonasidan qisqa b’sa olib, qizining xonasi tomon qadamlarini yo’naltirdi va chuqur nafas olib eshikni taqillatdi. Eshik ortidan yig’idan bo’g’ilgan ovoz yangradi.

: Kirishingiz mumkin…

— Kichkintoy, balki dadang bilan biroz suxbatlasharsan. Bilasan qarib asabiy bo’lib qoldim. –Otasining xazilomuz gaplaridan qiz ko’z yoshlarini artib tezda uning quchog’iga otildi.

: Hecham, qarib qolmagansiz. Nega men sizni jaxlingizni ko’tara olmasligim mumkin deb o’ylaysiz. Men shunchaki, birinchi bor sizni bunday ko’rganim sabab biroz qo’rqib ketdim.

— Mening qizim kattalardek gapira boshlayaptimi? –Erkak qizning sochlaridan mayin tarab uni quchog’ida biroz saqladi.

: Men katta bo’lganman. Buni sizlar ko’rmayapsiz menimcha.

— Ha ha hali ham shirin paxta va uchar sharlarni ko’rsa injiqlik qilib olib berishga ko’ndirishingni ko’rib seni katta bo’lganinga ishonishimizni so’rayapsan-mi?!

: Dada bu boshqa mavzu.

—Yaxshi yaxshi, meni kechir. Men bunday qilmasligim kerak edi. Afsusdaman.

: Nega Taehyungni birdan yomon ko’rib qoldingiz. Avvaliga juda maxtayotganingizdan hayron bo’lgan edim. Hozir esa…

— Katta bo’lgan ekansan senga, aytishim kerak menimcha. –Otasi qizining sochlaridan silagancha gapni nimadan boshlashni va qanday tugatishni o’ylayotgan edi. Har bir so’zi, qizini Taehyungdan uzoqlashtirish uchun to’g’ri bo’lishi kerak edi.

: Gapiring, eshityapman.

— Qisqasi ikki yil avval, bizning mehmonxona biznesimiz kasodga uchrayotgan edi, ba’zi tushunmovchiliklar sabab. So’ngra men, Kim Taehyung haqida maqolalarda o’qidim. U bilan shartnoma tuzishga qaror qildim. Hammasi yaxshi ketayotgan edi toki u meni chuv tushurganini bilmagunimcha. –Qizning qo’llari bu gaplarni eshitib, avvalroq Teahying aytgan gaplari bilan solishtira boshladi. Qo’llari otasining ko’ylagini qattiq qisib oldi.

: Qanday aldov? Ochiqroq ayting. U sizga yordam bergan to’g’rimi…

— Yordam bermadi deya olmayman, u bizni va kompaniyani bir oy muxlat ichida juda yaxshi natijada tiklab berdi. Ammo yaqin kunlarda, u meni lavozimimni tortib olish uchun bir qancha hujjatlarga imzoyimni qo’dirgan. Va hozir men kompaniyada shunchaki uni qo’lida ishlovchi ishchi kabi bo’lib qoldim. –Yujinning aqli go’yo muzlab qolgan kabi. Unga nisbatan qandaydur iliqlikni sezayotgan bu qalbi, nafrat va g’azabga bir necha daqiqada to’lib bo’lgan edi. Buni qay tarzda bo’lmasin birma bir so’rab olishga bo’lgan o’ylar uni tezda chulg’ab oldi. Nafasi notinchlashgan qiz, ko’zlaridagi yoshni ortga qaytarib yuborishga bor kuchi bilan harakat qilayotgan edi.

: Menga nega o’sha vaqtlar aytmadingiz, kompaniya bu jolatda ekanini nega aytmagansiz.

— Seni o’qishdan, chalg’itishni istamagan edim.

: Men barchasini undan qaytarib olaman dada. Barchasini.

— Menga undan uzoq yurganingni o’zi yetarli, boshqa hech narsa jerak emas. Hozir esa, dam ol. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi.

: Yaxshi, shirin tushlar ko’ring. Sizni yaxshi ko’raman. –Otasining xonadan chiqib ketishini ko’rib qizning yuragi qattiq ezildi. Huddi barchasiga aybdor inson kabi his qilish i boshladi. Londonda hech nimadan behabar inson kabi yashab yurgan qiz, otasining boshdan kechrganlari haqida bilmaganiga o’zini aybdor his qilar edi.

~

: Yujin bilan gaplshdimgizmi?

— Ha gaplashdim…

: Haqiqatni aytganingizda qanday holatga tushdi. Ahvoli joyidami?

— Men unga aytmadim…

: Aytmadim deganingiz nimasi?

— Men unga o’zimni bir necha kun oldin ishontirgan haqiqatim bilan ishontirdim! Bo’ldi meni so’roq qilishni bas qil. –Janob Shin ayoliga, nimalar haqida aytganini tushuntira boshladi. Ammo ayolining yuzidan tushayotgan yoshlarni hech nima to’xtata olmas edi.

: Nimalar qilib qo’ydingiz?! Agar Yujin haqiqattan habar topsa, unga qanday qaraysiz. Begunoh yigitni, bo’xtonlar bilan qizimizga yomon ko’rsatishigiz ahmoqlik. Shu vaqt ichida har bir qaroringizni qo’llab quvvatladim. Ammo bunisi barchasini kesib o’tdi. Onasini mashinangiz bilan…. – Shin xonim, yig’idan xatto jumlasini tugata olmadi ham. Yig’isi ko’ksiga tiqilib, xonadan otilib chiqib ketdi. Yuzini qo’llari bilan berkitib olgan, Janob Shin shunchaki chorasizlik va vijdon azobi bilan xonada qoldi.

Tun 3:00

Yujin uyqudan, qattiq titrab uyg’onib ketdi. Butun tanasi suv bilan qoplangan kabi edi. Nafas olishi notinch qiz, qo’llari qaltiragan holda tumba ustidagi tungi chiroq tomon qo’l cho’zdi. Ammo eshik oldidagi sharpani ko’rgan zahoti qattiq qichqiriq bilan quloqlarini berkitib oldi.
Henry bu vaqtda uyga endi krib kelayotgan edi. Qichqiriqni eshitib, Yujinning xonasi tomon yugurdi. Zinalardan tartibsiz chiqar ekan, uyqusiragan ko’zlari sergak tortgan edi. Otasi va onasi ham bu ovozdan uyg’onib qizining xonasi tomon qadamlarini yo’naltirishgan edi. Henry xonaga kirgan zaxoti, chiroqni yoqib qiz tomon shoshildi va qizni bag’riga olib xonani ko’zdan kechirdi.

— Yujin, hoy ahvoling yaxshimi? Bu yerda kimdur bor-mi? Senga nima bo’ldi o’zinga kel. –Yigitning qo’li havotirdan titrayotgan shundoq sezilib turar edi. Qizning onasi so’ngra ortidan otasi ham shoshilib kirib keldi. Shin xonim, tumba ustidagi stakandagi suvni qizning yuziga nim qilib sepdi va bag’riga olgancha tinchlantira boshladi. Yujin, birozdan so’ng nafas olishi maromiga kelib atrofiga nigoh tashladi. Henry yuqorisida, havotirdan qizga tikilgan yotoq chetida otasi, ko’zlaroda yosh sabab biroz naiqqan yuz bilan qizga tikilayotgan edi. Qiz onasining iliq bag’ridaligini sezib, butunlay normal holatga qaytdi.

: Hammasi joyida, oyi! O’tib ketdi. –Qizning bosiq ovozidan biroz hotirjam tortgan ayol, o’zini ortga tortib qizning yuzini qo’llari orasiga oldi.

— Yana takrorlandi

: Ha, hammasi o’tib ketdi. Havotir olmang.

— Bunday holat takrorlanmayotganiga bir necha yillar bo’lgan edi. Sen bugun qattiq ababiylashding. Balki shunga bo’lishi mumkin. Qo’rqmayapsanmi?

: Yo’q, buni unutgan edim. Hozir hammasi joyida. Ishoning…

Henry: Istasang sen bilan qolishim mumkin. –Janob Shin o’zini aybdor his qilayotgani sabab bir so’z ham ayta olmayotgan edi. Henryning havotiridan biroz yuzi yorishgan erkak, ayolining keskin ohangidan hayron qolgan edi.

— Qizimning onasi shu yerda. Men ko’rinayotgan bo’lsam. Siz xonangizga borishingiz mumkin. Barchangiz! –Atayin ikki erkakga qaratib aytilgan so’z va xona ona va qiz nafas olishi bilan tinchib qoldi.

: Oyi men mashg’ulot xonasiga tushmoqchiman.

— Yana qaytalanyapti. Barchasini yana qaytadan o’zgarishsiz takrorlayapsan, Yujin.

: Men buni boshqara olmayman. Iltimos…

Timeskip

Soat tongi 7:50 ammo qiz hali ham to’xtashni unutgan mashina kabi katta zalda harakatlanyapti. Barchasi, maromidan chiqqan hatto vaqt ham. Hayolidagi chalkashlik, yuragini alam bilan sinagan paytlarda u gapirishdan ko’ra raqs tushishni afzal ko’rar edi. Qo‘rqinchli lahzalar kelganda, tashqi dunyo torayib, nafas olish qiyinlashganda, u mashg‘ulot zalining eshigini yopardi. Shu zahoti hamma narsa sukutga cho‘mardi faqat musiqa va yurak urishi qolardi.
Oyoqlaridagi og‘riqni u allaqachon tanimasdi. Barmoqlari qonab, poyabzali ichida achishib turganini sezmasdi. Har bir harakat, har bir sakrash ichidagi qichqiriq edi. U tanasi bilan gapirardi alamni burilishlarga, qo‘rquvni sakrashlarga, umidsizlikni muvozanatga aylantirardi.
Ko‘zlarida yosh bo‘lsa ham, qaddi bukilmasdi. Chunki raqs uning panohi edi. Og‘riq uni sindirmasdi, aksincha, unutishga majbur qilar edi.

Mashg‘ulot zali uning sirlarini eshitgan yagona joy edi; pol esa oyoqlaridagi qonni emas, uning kuchliligini yodlab qolardi.
Va Yujin raqs tushishda davom etardi. To charchoq yiqitmaguncha emas, ruh tinchimaguncha.
Qiz yuzini qo’llari bilan berkitib, oldi.

: Iltimos, Taehyung hayollarimdan ket. Seni eslashni, so’zlaringdan hislarni tuyishni istamayman. Bunday ta’sir o’tkazishinga yo’l qo’ya olman. Seni unutishni istmayaman. –Qizning ko’zlaridan yoshlar tomib yuzini yuvishni boshladi. Tanasidagi og’riqlar enlikda o’z kuchini ko’rsatayotgan edi.

~

Yujin, barchaning e’tirozini e’tiborsiz qoldirgan holatda, kompaniyaga kirib bordi. Odatdagi ishchi kiyimlari qulay kenga sport kiymiga oyoqlaridan tushmaydigan baland poshnalar qulay krasovkalarga o’zgartirilgan qiz, yuzida doim sezilib turadigan yorqinlik va qaysarlikni yoqotgan edi go’yo. Shunchaki, lablar bir chiziqqa tortilgan, ko’zlari qizargan va tanasi og’riqdaligini hissizlik ortiga yaagirayotgan qiz.
Taehyung lift oldida, turar ekan eshikdan kirib kelayotgan qizni ko’rib qoshlari chimirildi. Undagi bu holat uni havotirga solayotgani aniq edi. Yujin lift yonidagi yigitga nigohini ham qaratmadi va yuqori qavatga zina orqali chiqishni afzal ko’rib, lift yonidagi eshikni ochdi va zinalardan og’riq bilan qadam tashlay boshladi. Taehyung ham bir soniya o’ylab o’tirmay, uning ortidan ergashdi.

— Yujin?! – Yigitning chaqirig’i butunlay e’tiborsiz qoldi. Qizning har bir qadamini kuzatayotgan yigit, undagi noqulaylik va brovtalikni sezin, zinalarni bir nechtasini qoldirib qizga yetib olib, yuqori bilagidan tortib e’tiborini qaratdi.

— Men seni chaqirdim, eshitmading…. –Yigitning gaplari lablari orasida qoldi, qo’li o’zi sezilmagan holatda bilak atrofida siqildi. Yonib turuvchi ko’zlardagi hissizlik, uni so’zsiz qoldirdi. Unga doim gap topib beruvchi jaxil qilsa ham so’nmaydigan yigit uchratgan qiz hozir umuman boshqa qiyofada edi.

— Kim senga bunday qildi. –Taehyungning ovozi g’azabdan buzulgan edi. Yujin yuzini boshqa tomonga qaratib olganida yigit uning yuzidan ushlab ko’zlariga qarashga majbur qildi.

— Menga qara, sendan oxirgi marotaba so’rayapman. Nima bo’lganini, aytasanmi yoki buni o’zim bilib olishimga majbur qilasanmi.

: Sen sabab…. – xirqiroq bilan chiqqan ovoz va qizning so’zlari yigitning aqlida kuchli portlash yuzaga keltirdi.

— Men sabab?! Aniqroq gapir. – Taehyungning qo’llari qizning yuzida bo’shashdi. G’azab go’yoki, o’rnini aybdorlikga bo’shatib bergan kabi Taehyung qizga tikildi.

— Iltimos, meni bunday qiynama. Jim turma! Jin ursin… men nima qilganimni ayt barchasini to’g’irlayman. Seni avvalgi holinga keltirish uchun barchasini qilman iltimos, Yujin. Iltimos qilaman!

: Sen meni aldading, barchasini yolg’on bilan boshlamoqchi bo’la turib bu uzoqqa yetib boradi deb o’ylaganmiding. –Yigit bir lahza barcha voqealarni kaseta kabi miyasida aylantira boshladi, qayerd xato qilganini tahlil qilar ekan hech qanday noto’g’rilik bo’lmaganiga o’zi ishonsa ham qizning bu holati uni shubhalntirib qo’ygan edi.

— Men senga shu vaqt davomida biror marta ham yolg’on gapirmadim. Hislarim borasida ham. Menga ishon, Yujin! –Qiz yigitga ko’zlari to’la yosh bilan tikilar ekan, uni bir bor ko’rish uchun aslida shu yergacha kelganini unuta yozdi. Qalbi bu rost ekanini aytyotgan bo’lsa, bu hislarni barchasini qizning o’zi chuqur ko’mayotgan edi. Ruhida ham tanasida ham kuchi qolmagan qiz, oxirgi bor ko’zlarini ochib yumganida ko’zidagi yoshlar yuziga sirg’alib tushdi va hushini yoqotdi. Taehyung qizni, ushlab yuziga asta sekinlik bilan bir ikki marotaba ismini aytib o’ziga keltirishga harakat qildi. Ammo qalbidagi havotir uni butunlay chulg’ab olgan edi. Qizni qo’llariga olgancha zinalardan tezlikda pastlagan yigit chiqish eshigi tomon qadamlarini yo’naltirib qizni eshik oldidagi mashinasini ort o’rindig’iga ehtiyotkorlik bilan joyladi.
Mashinani huddi aqlini yoqotgan inson kabi haydayotgan Taehyun, qizil chiroq va yo’ldagi belgilarga ham e’tiborsiz edi.

— Iltimos qilaman, bezori. Ko’zlaringni och. Meni bunday qo’rqitma. Men sensizlikka chiday olmayman. Meni kuchsiz insonga aylantirganing uchun, javob berishing kerak. Hammasini to’g’irlayman. Nima xato bo’lsa barchasini sen uchun to’g’irlayman. Ko’zlaring yana avvalgidek yonishi uchun, barchasini qabul qilaman. Sendagi barcha qayg’uni olishga va seni yonimda saqlash uchun qo’limdan kelganidan ham ortiqroq narsalar qilishga va’da beraman. Faqat ko’zlaringni och, yana menga jaxil qil, tiligdagi barcha yomon so’zlarni men uchun ayt. Ammo meni sokinligimni, meni musiqamni olib qo’yma!

~

~

Suzy🤎

𝑀𝑢𝑠𝑒 episode 6