π΄ππππππ
πΈπππππ π 'episodeΒΉ
β’Barchasi o'sha kecha nihoyasiga yetdi. Men ko'rgan manzara hali hamon ko'z oldimda. Balki o'shanda men u yerga bormaganimda hammasi joyida bo'lardi
Suzy: Hozir ko'zlarim yumiq holatda ammo ko'zlarimga tushayotgan yoriqlik meni turishga undayapti. Bugun 22-kun! Ha turmushimiz boshlanganiga yigirma ikki kun bo'ldi.
"Qiz dush qabul qildi so'ngra oshxona tomon yurib nonushta tayyorlashni boshladi. Ortidan yaqinlashayotgan oyoq tovushlari kimligi aniq bo'lgan inson"
:Sochlaring hali ham nam.
"Belidan o'ralgan qo'llar va uzun sochlar yon tomonga sidirib ort bo'yin qismi uning barmoqlari yordamida ochildi va nam lablar teriga tegdi"
: Bas qil...
"Qo'llar belda qattiqroq siqildi va bo'yin qisimga tishlar botirildi"
: O'zingni olib qochishni qachon to'xtatmoqchisan. Men sen bilan nima istasam qila olaman. Kim to'sqinlik qila oladi, kim to'xtata oladi qani... Meni qo'limdan nimalar kelishi yodingda to'grimi.
"Qiz qo'lida ushlab turgan likopchani asabiy qo'ydi. Uning qo'llarini belidan olib tashlab stulga o'tirdi"
: Eslatishing shart emas. Hayotim davomida barcha narsa yodimdan chiqishi mumkin ammo u kecha nima qilganing emas 'Jimin'
"Jimin lab chetida tabassum qildi. Qahva tayyorlash davomida ayolidan ko'zlarini uzmadi. Suzy esa nonushta qilishni davom ettirdi"
: Bugun muhum uchrashuvim bor kech qaytaman. Bilishimcha rejalaring yo'q. Butun kun uyda bo'lasan deb umid qilaman.
: Menda rejalar bor "pichirlashdan balandroq ovozda ma'lum qildi"
"Qoshlari biroz chimirildi. Aqli unda qanday reja bo'lish mumkinligi bilan yugurdi"
: Xotinimda meni habarimsiz qanday reja bo'lishi mumkin?
: Eski ish joyimga qaytishga ariza topshirgan edim. Bugundan ish boshlashim mumkin ekan. Sen bilan turmush qurdim degani butunlay uyda qolishim kerak degani emas shundaymi?
" U qahvasini ho'plab biroz o'ylandi"
:Yaxshi boshlayver.
"Qiz biroz hayratlandi ammo bu yuz ifodasini berkitib tezda o'z holatiga qaytdi. Hayolida turli hil o'ylar tinch qo'ymasdi.
Β°Nega tezda rozi bo'ldi. Nima qilmoqchi. Men janjal yoki qandaydur qarshilik kutgan edim. Bu huddi to'fon oldidan jimlikga o'xshaydi. Jin ursin oxiri yaxshilik bo'lsinΒ°
'Jimin avval uydan chiqdi. So'ngra qiz ham tezda tayyorlanib buyurtirilgan taksiga chiqib yo'lda pardozini kichik oynachaga qarab to'g'irladi. Kiyinish uslubi o'zgarmagan. Ish uchun mo'ljallangan yubka qomatiga yopishgan. Va oq blouska uni biroz nozik qilib ko'rsatmoqda. Baland poshnali tuflilar uni qaddi qomatini tik tutishiga yordamchi vazifasini bajaryapti. Eski ish joyida u mayda aksiyadorlardan biri. Ammo asosiy vazifasi kotibalik. Bu office unchalik ham katta bo'lmasa ham qiz uchun qadirli.'~~
'Jimin o'z kompaniyasiga kirib kelarkan xodimlari hurmat bilan ta'zim qilishardi.
Boshini biroz egib u ham ularga javob qaytarib lift tomon yo'l oldi. Ortidan tezda kotibasi liftga chiqib bugungi kun ma'lumotlarini berishni boshladi.
Janob Park bugun muhim xamkorlar bilan uchrashuv belgilangan. 'Zevs restorani soat kechki 6:30 da'
: Yaxshi menga "Light the way" kompaniyasi haqida ma'lumotlar to'pla. Va u kompaniyaga mahoratli kotiba top.
"U hayolidagi o'ylar bilan lab chetida tabassum qildi"
'U yerda ishlashinga yo'l qo'ymayman. Sen faqat meni yonimda bo'lishga loyiqsan kichik Venin'
: Ammo Janob bu bizga nega kerak?
"Kotiba undan biroz noz karashma bilan so'radi"
: Savol ber demadim. Bajar!
~~~~
Suzy: Bugungi ish kuni og'ir bo'lyapti. Nega birinchi kundan arxiv fayllarini tekshirishim kerak. Jin ursin chang bosgan bu qavatni yomon ko'raman. Bu nomi bilan arxiv tekshirishni foydasi yo'q. Bu boshliq atay menga shuni bajartiryapti. Bu yerdan bo'shash tarzim biroz muammoli bo'lgandi. Jimin telbadek bu yerdan boshashimga majbur qilgandi. Boshliqqa biror nima degan men bilmayman. Endi qaytishimga alamini olyapti yaramas.
"Qiz fayllarni birma bir ko'zdan kechirib kampyuterga yozib joylardi. Ora sirada ming'irlab nolishini aytmasa bu xona juda jim"
~Soat kechki 8:00
"Jimin uchrashuvdan kotibasi bilan chiqdi. Haydovchi ularni ort eshikni ochib kutib oldi. Uchrashuv biroz tarang ahvolda boshlanib shunday tugadi."
:Janob Park. Siz so'ragan kampaniya ma'lumotlari. "Kotiba unga fayllarni tutqizdi"
"Jimin ularni ko'zdan kechirar ekan hayoli ayoli uyga qaytgan yoki yo'qligida edi. Allaqachon kech tushgan vaqt ham tez o'tyapti. Unga qo'ng'iroq qilish fikri bilan telefonini chiqardi."
Suzy: Arxiv xonada qandaydur tiqirlashni eshitdim. Atrofni tekshirishni boshladim. Telefonimga qo'ng'iroq bo'layotganini ko'rib uni ko'tardim. Javob berishimga ulgurmasimdan. Oldimdan o'tgan sichqonni ko'rib qattiq qichqirdim. Ish stoli ustiga qanday chiqqanimni bilmayman.
"Jimin telefon ortidagi qichqirishni eshitib ko'ksida ham jaxil ham havotir turdi"
"Qattiq ovozda so'ralgan savol ortidan hech qanday javob yo'q. Signal uzuldi"
Jin ursin "Light the way" kampaniyasiga hayda tez "Jaxil bilan buyruq berildi"
Suzy: Ah qanday tushaman, bu xonadan qanday chiqaman, bu ko'zlar juda ko'p yomon narsalarga guvoh bo'lyapti. To'xta telefondagi kim edi. Telefonim qayerga qo'ydim.
"Qizning telefoni yerga otilgan holatda edi. Qo'rqqanidan nimalardur qildi o'zi tushunmay qoldi harakatlarini. Sekinlik bilan oyog'ini yerga qo'ydi va telefonni olishi bilan tezda ish stoli ustiga chiqib oldi. Telefon quvvati tugaganmi yoki yerga tushib singan anglolmay yoqishga harakat qildi. Yo'q ish bermadi."
"Jimin yetib kelgunicha deyarli yarim soat o'tdi. Qiz bir ammallab arxiv xonadan chiqib ketishga tayyorgarlik ko'rayitgandi. Kompaniya sokinligiga va xira chiroqlar yoqiqligiga qaraganda barcha ishini tugatib ketgan. Ammo boshliq xonasi chirog'i yoqiq. Qiz boshlig'iga ketayotganini aytishni afzal ko'rib xona eshigini taqillatdi."
: Janob men ishlarimni deyarli tugatdim. Boshqa topshiriq bo'lmasa ketsam degandim.
Mr.Shyen: Kotiba Kang sizni o'zim tashlab qo'ysam. Vaqt ham kech bo'ldi. Kechasi yolg'iz yurish havfli. Men bilan havfsiz bo'lasiz.
"Boshliq ayollarga suyagi yo'q biri. Va uni qandayligini Suzy juda yaxshi biladi."
: Ah taklif uchun raxmat Janob ammo men o'zim keta olaman. Men uchun havf degan narsa yo'q. Qaysi vaqt bo'lmasin.
'ahir men kimni xotiniman' "bu gaplarni o'zi eshitadigan tarzda ming'irladi va hijolatli tabassum qildi"
: Bunaqasi ketmaydi men aytganimni bajaradigan insonlar turidanman. Kettik.
"Suzy ham ortiqcha gap aytmay uni ortidan kompaniyadan chiqdi."
Suzy: Boshliq ortidan chiqarkanman. Katta tezlikda kelib to'xtagan qora mashinani ko'rishim bilan qattiq yutindim. Badanimdan sovuq ter chiqishni boshladi. Bu Jimin!
Jimin: Mashinadan tushishim bilan ko'zim avval bir necha oy avval ko'rgan so'takga uni ortidan turgan xotinimga tushdi. Uning bu kalta yubkasini yirtib tashlash fikri meni quvyapti. Bu tartibsiz sochlar nimasi. Telefondagi oxirgi eshitgan ovozim ayolimga tegishli edi. Hayolimga juda iflos o'ylar kelyapti. Qonim qaynayotganini sezyapman.
"Jimin vajoxat bilan yurib 'boshliq' Shyenning yuziga musht tushurdi bir musht bilan to'xtash fikri bor edi ammo qoidalar u uchun emas. Og'zi burninidan qon ketguncha do'pposladi. Jiminga ham bir ikki zarba keldi. Ammo bu zarbalar faqat uni kuchliroq zarba berishiga undadi."
Suzy: Jiminni bu darajada nima jaxlini chiqarganini anglolmadim. Tezda ularni ajratish uchun o'rtaga qo'shilgan ham edim. Jimin meni otib yuborgudek ortiga o'tqizdi. Meni qo'limdan faqat uni belidan quchib ortga tortish keldi.
Ammo o'rtaga bir qiz qo'shildi. Bu alvastini juda yaxshi taniyman. U erimni kotibasi shu vaqtda u bu yerda nima qilyapti. Ikkisini ajrattik deyolmayman. Boshlig'im hushidan ketti shekil o'rnidan turmay yotibti. Balki o'lgandur-a? Yo'q yo'q bunday o'ylar hayolimga kelmasligi kerak. Tekshirib ko'rishim mumkinmi? Kimdan so'rayman tezda tekshiraman va uzoqlashaman.
"Jimin belidan o'ralgan qo'llarni sezib biroz asabiylashdi. Yana qattiq zarba va u to'xtadi. Kotibasini chetga biroz itardi. Huddi unga zarba tegmasin degandek.
Belidan quchgan qo'llar bo'shashib uni qo'yib yubordi. Labidagi qonni artish uchun ortga o'girilib tili bilan asabiy yaladi va endi Suzy tomon harakatlanaman deganida chaqqon xotini boshlig'ini nafas olyaptimi yo'qmi teshiryotgan edi. Tizzalari yerga bukilgan yuzi esa unga yaqin holatda.
Asabiy sochini qo'li yordamida ortga taradi va Suzyni qo'lidan qattiq o'ziga tortdi. Qizni ko'zlari katta katta bo'lib erini ko'ksida paydo bo'ldi.
: Jimin u nafas olyaptimi?...
: Hozir o'zing haqingda ko'proq qayg'ur.
"Jimin xotinini yelkasidan oshirib ko'tardi va mashinasi tomon harakatlandi"
: Telba meni pastga tushir. JIMIN jinni bo'ldingmi?
"Ularni chetda kuzatib turgan Jiminning kotibasi rashqdan yoki boshqa narsadan qizarib ularni harakatini tomosha qilib turardi"
:Tipirchilashni bas qil. "Jaxil bilan shivirladi. Qizni mashini ort o'rindig'iga tashladi va o'zi ham joylashdi".
Mashina old o'rindig'iga boyagi kotiba qiz o'tirdi. Haydovchi 'kettik' degan so'zni eshitib mashinani harakatlantirdi.
"Suzy baland ovozda"
Jinni bo'ldingmi uni o'sha yerda qoldirib ketdik. Bu nima qilganing...
"Qiz gaplarini tugatmasdan bo'ynidan o'ralgan qo'lni his qilib jimib qoldi. Ikkisi nigohlari tutashdi. Birini ko'z qorachig'i havotirli va yoshlangan, biriniki jaxldan qizargan va daxshatli darajada qorong'u."
: Jim! Aslo, aslo hayolingda ham, bu tilingda ham o'zga uchun havotir chiqmasin. Seni parchalayman. O'ylaganlarim haqiqat bo'lmasin...
Yo'qsa qo'limdan seni hech kim qutqara olmaydi. Tushunyapsanmi..
"Qo'llar qattiq siqilib qizni nafas olish to'sig'ini berkitdi va tezda qo'yib yuborildi"
Suzy: Chuqur chuqur nafas olyapman. Havo yetishmovchiligi, men nafas olishda qiyinchilikka uchradim. Uni ko'zlaridagi bu nafrat va vajoxat nimadan anglolmadim. Men nima qildim u nima o'ylagan. Tezda mashina oynasini ochdim. Ko'zlarim yoshlanyapti. Salqin havo yuzimga urilarkan. Old o'rindiqda o'tirgan alvasti bizni kuzatayotganini sezdim. Nima u tabassum qilyaptimi? Janjal vaqti Jimin uni chetroq surganda ham ko'zlari quvonib ketgandi. Buni javobini hali so'rab olaman.
:Qoningni ichmasam seni xotining emasman Jimin...