𝑀𝑢𝑠𝑒
so you can never escape.”
Kutish zalida asabiylik bilan yurayotgan yigitning e’tiborini, Yujinning palatasidan chiqgan hamshira tortdi. Taehyungning havotiri va asabiyligi butunlay uni telbaga aylantirayotgandek edi go’yo.
Hamshira ham o’zi tomon qaratilgan nigohlarni sezib, unga e’tiborini ko’chirdi.
: Shin Yujinni siz olib keldingiz to’g’rimi?! –Taehyung uning savolini mutlaqo e’tiborsiz qoldirdi. Atrofidagi hech qaysi ovozni aqli qabul qilmayotgan edi.
— Ahvoli yaxshimi? O’ziga keldimi?
: Biz og’riq qoldiruvchi dori bilan tanasini tinchlantirdik. Birozdan so’ng, bemor hushiga keladi. Istasangiz kirishingiz mumkin. –Taehyung qisqa bosh irg’ab Yujinning palatasiga kirdi, ko’zlari qo’liga osma ukol ulangan qizga tushib ko’ksida qandaydur og’riq va aybdorlik hisi uyg’ondi. Qizning yuqorisida doktor nimalarnidur qo’lidagi qog’ozga kiritar ekan Taehyungni ko’rib qisqa bosh irg’adi.
: Siz turmush o’rtog’imisiz yoki…. –Doktor gapini oxiriga yetkazmasdan, yigit yo’g’on ovozi bilan erkakni so’zini kesdi.
— Shunday desa ham bo’ladi. Muammo nimada ekanligini menga aytishingiz mumkin! –Doktor hushsiz yotgan qizga bir ko’z tashladi va qayta Taehyungning ko’zlariga qarab gap boshladi.
: Yujin xonimda qattiq stress natijasida hushini yoqotish kuzatilgan deb o’ylagan edik, asli ham shunday lekin bizni yana bir narsa e’tiborimizni tortdi. Bo’gimlaridagi ko’karish izlar va oyoq tirnoqlardagi qon izlari. Biz buni nima sababdan hosil bo’lganini tushuntirib berishingizni so’raymiz, Janob Kim. Bu juda ham jiddiy agar unda zo’ravonlik ta’sirida qolish va shunga o’xshash holatlarni aniqlasak buni politsiya bilan davom ettirishimizga to’g’ri keladi.
Taehyung bu gaplardan qoshlarini chimirib jim bo’lib qoldi, qo’llari musht bo’lib tugulib hatta nafas olishi ham maromida chiqqan yigit o’zini tutish uchun qattiq harakat qilayotgan edi. Tanasidagi oqayotgan qon juda tezlikda harakat qilib yigitdagi adrenalinni kuchayyirayotgan edi. Do’ktordan ort burib asabiy sochlarini ortga taragan yigit, qayta qarshisidagi oq halat kiygn erkakga e’tborini ko’chirdi.
— Jin ursin hazil qilyapsizmi? Tanasida qanday qilib ko’karishlar va qon izlari bo’lishi mumkin. –Taehyung doktorning ustiga och bo’ri kabi bostirib kelar ekan, aqlini yoqotishga ulgurgan edi. Ammo qizning og’riq va uyqi aralash nimalardur deb ming’irlashi to’xtatib qoldi. Uning yumilgan ko’zlari va uzun kipriklari biroz ajralgan lablari Taehyungning tanasidagi taranglikni bo’shashtirdi.
: Janob Kim, siz shifoxonadasiz. Nega bunday bo’lganini esa men sizdan so’rayapman. Qallig’i ekansiz demak buni bilishingiz kerak. –Taehyung qizning qurigan lablariga barmoqlarini yurgazib, unga tikilib qoldi.
— Buni kim qilganini aniqlayman va suyaklarini birma bir burdalab, tanasini og’riqda qoldiraman. Menga ishon, Yujin. Olayotgan nafasini, birma bir javobini beradi. –Taehyung, qizdan uzoqlashib doktorga, “xonaga hech kim kirmasligini va hamshirlalar xonadan bir qadam ham chiqmasligini tayinladi va shifoxonadan tezlikda g’oyib bo’ldi. Mashinasiga o’tirar ekan, rulga mush bilan bir ikki qatti zarba berib, matorni qizdirdi va asfaltga shinalarni qoramtir izini tushurib kompaniya tomon yo’naldi.
Kompaniyaga katta qadamlar bilan kirib borar ekan, uning sport bilan shug’ullangan gavdasi atrofdagilarni yeb yuboray deyotgan edi. Hech qachon uni bunday holatda ko’rmagan hodimlar qattiq yutongancha undan qochishga harakat qilishar edi. Taehyung lift tugmasini asabiylik bilan bosib, yuqori qavatga ko’tarildi va Janob Shinning xonasi tomon qadamlarini yo’naltirdi. Hisob so’rash uchun yagona hayolidagi inson, u edi. Eshik tutqichini pastga tushurib xonaga ruxsatsiz kirgan yigit, boshini qo’llari orasiga olib o’tirgan erkakni ko’rdi. Janob Shin boshini yuqoriga ko’tarib yigitga qarar ekan, ish stoliga ikka katta kaft zarb bilan tushishi uni ham g’azablantirdi.
— Aslida men sizdan buni so’rashim kerak! Yujinga nima qildingiz,
: Qizim bilan ishing bo’lmasin va undan uzoq yur. –Taehyung hazilsiz kulib, qo’li ostida nimayiki bo’lsa yerga sidirib tashldi. Xonada birdan paydo bo’lgan shovqin va janob Shinning stuldan asabiy turishi muhutni keskinlashtirib borar edi.
— Yujinga ko’tarilgan har bir qo’lni maydalayman. Ahamiyatsiz, otasimi yoki boshqa biri!
: Nimalar deyotganingni, qulog’ing eshityaptimi. Kim qizimga qo’l ko’tarishga haddi sig’ar ekan.
— Menga o’yin qilmang, qizingizni qayta ko’ra olmasligingizga kafolat beraman. –Janob Shin ham boshqaruvni yoqotgan kabi yigitning yoqasidan ushlab tanasini devorga zarb bilan urdi.
: Menga qara, yigitcha. Seni bir zumda yo’q qilaman. Qizimga yaqinlashishinga yo’l qo’ymayman. Yujinni na sen na boshqasi ranjita oladi. –Taehyung erkakni qo’lini o’zidan siltab olib tashladi.
— Og’izda emas amalda ham bajaring. Kecha Yujin kim bilan edi!
: Bu seni ishing emas! –Taehyung, g’azab bilan shisha bilan qoplangan eshikni zarb bilan urdi. Eshik yerga parchalanib yer yaltiroq shisha bo’laklari bilan qoplandi. Mushtidan qon oqayotgan yigit chuqur nafas olgan holatda, qayta erkakga yuzlandi.
— U bilan nima sodir bo’lsa, bu meni ishim. Hozir esa, men sizdan bir marotaba so’rayman. Kim Yujinga zo’ravonlik qilgan. Nega uni tanasida ko’karish izlari va tirnoqlari yulib olingan kabi! –Janob Shin bir muddat gaplarni qabul qilib olish uchun, jim bo’lib qoldi. Va tezda stoldagi telefonini olib kimgadur qo’ng’iroq qila boshladi. Bu vaqt Taehyung uning harakatlarini shunchaki kizatar edi. Demak bu haqida Yujinning otasi ham bilmagan ammo unga buni yana kim qila olishi mumkinligi haqida yangi shubhalar ilgari surayotgan edi.
: Young ja! Yujinning ahvoli yaxshimi?! –Erkak ayolidan, havotir bilan so’rar ekan qo’ng’iroq ortidagi ayolning so’zlaridan muzlab qolayozdi.
: Uyda emas deganing nimasi? Kompaniyaga kelgani yo’q! –Taehyung aytmoqchi bo’lib og’iz ochdi ammo fikrida tezda qaytdi. Shunchaki buni kuzatishni afzal ko’rdi. Erkakning havotirini ko’rib turgan bo’lsa ham, ichidagi maxluq bundan rohatlanayotgandek edi. Huddiki bu bilan ularni jazolash to’g’ri yo’l deb hisoblaganidek.
: Nega mashg’ulot zaliga tushishiga yo’l qo’yding. Senga avvalgilari kab edimi?! –Erkakning ovozi titroqdan buzilgan. Taehyungni e’tiborini tortgan jumla, “mashg’ulot zali” bu nimani anglatishini o’ylayotgan yigit erkakga yaqinlashdi.
— Qanday mashg’ulot zali?! –Uning ovozi biroz xirqiroq bilan chiqdi.
Janob Shin ayoliga oxirgi bor “uni izlab topaman” degancha go’shakni qo’ydi. Va e’tiborini Taehyungga ko’chirdi.
: Yujinni qayerda ko’rding?!
— Avval savolimga javob bering, qanday mashg’ulot zali va qanday takrorlanish!
: Yujin, ballet bilan shug’ullanadi…
: Unda Parosamniya bor ya’ni, uyqudan qo’rquv bilan uyg’onish. Buni biz yoshligidayoq davolagan edik, hozirgi vaqtgacha takrorlanmasdi toki unda kecha qayta bu holat yuz bermaguncha va u bu vaqtda o’zini mashg’ulot xonasiga qamab bir necha soatlab to’xtamasdan raqs tushadi. Shu sabab ham uni tanasida ko’karishlar va barmoqlari qattiq siqilishi yuzaga kelar edi. Endi uni qayerdaligini aytasanmi, Kim Taehyung. –Taehyung ma’lumotlarni qayta ishlash davomida bir qancha vaqt sukut saqladi va bo’g’iq ovozda ma’lum qildi.
— U hushini yoqotdi, uni kasalxonaga olib bordim. Shifokorlar nazoratida hozir. –Janob Shin, yigitni yelkasidan ushlab uning ko’zlariga qaradi.
: Men qizimni yoniga boraman, yordaming uchun raxmat.
Janob Shin qizining sochlaridan silab, peshonasiga lablarini bosdi. Bir maromda nafas olayotgan qizini ko’rgan erkak chuqur nafas olgancha, ko’zlarida ushlab turgan yoshni qo’yib yubormaslikga harakat qilar edi. Bu holatni, chetdan kuzatib turgan ayoi shunchaki qizini ko’zlarini ochishini duo qilayotgan edi. Bu hodisada o’zini ayblayotgan ota onaning holati unchalik ham yaxshi emasdi. Ular yagona ko’zini quvonchi bo’lgan qizini yoqotish yoki shikast yetish qanchalik og’riqliliga va qo’rqinchilik ekanini avval ham his qilishgan. Shin xonim, eriga tikilar ekan uning ko’ksini ushlab biroz tanasi bukilganini ko’rib havotirdan tezda yaqinlashdi.
: Azizim, yaxshimisiz. Sizga nima bo’lyapti?! –Ayolining havotirli ovozi va erining nafas olishdagi qiynalishi xonani chulg’ab olgan edj. Atrofdagi shovqinni eshitib yotgan qiz esa, shunchaki ko’zlarini ocha olmayotgan edi. Bunga huddiki ruhi ruxsat bermayotgan kabi.
Shin xonim erini xonadan olib chiqayotganida yo’lak boshidan, sochlari tartibsiz qo’liga esa bint bog’langan yigit yurib kelar ekan bu holatni ko’rib qadamlarini tezlashtirdi.
— Nima bo’ldi? Janob shin Ahvolingiz yaxshimi? –Taehyung ayolga yordamlshgancha shifokorlarni chaqirdi.
: Sen bilan tanishganimdan hursandman, Taehyung. Yujin avvalroq sen haqingda aytib bergan edi. –Taehyung jilmaygancha Shin xonimga qaradi.
— Unday bo’lsa men haqimda yaxshi so’z eshitmaganingiz aniq. –Yigitning kichik hazilidan Shin xonim ham kulib yubordi.
: Unday emas. Ammo uyimiz oldida seni qizim bilan ko’rganimda, biroz jaxlim chiqqan edi. –Taehyung jilmaygancha, biroz hijolat tortib qo’llarini cho’ntagiga soldi.
— Hijolatdaman, siz bilan bunday holatda birinchi bor uchrashishni o’ylamagan edim.
: Ha mayli, qilgan ishingizni yoshlikka yo’yaman. Ammo qizimni hafa qila ko’rma. Senga ishonaman…. –Bu so’zlardan Taehyung biroz hotirjam bo’ldi. Ular bir necha daqiqa davomida sihbat qurishdi toki hamshiralardan biri Yujin ko’zlarini ochganini aytishgunicha.
Ular palata ichiga kirishar ekan, qiz kravatda o’tirib oyoqlarini tekshirayitgan edi. Shin xonim uning yoniga borib qizini bag’riga bosti. Yuzlaridan o’pib, uni qaytganiga shukur qilar edi.
: Oyi hammasi, yaxshi. –Qiz ham onasini quchib sochlaridan mayin tarzda erkalab qo’yar ekan ko’zlari eshik oldida bu lahzani shunchaki biroz labida tabassum bilan kizatayotgan yigitga tushdi.
— O’zingni qanday his qilyapsan? –Taehyungning ovozi xonada jaranglar ekan, ayol qizidan biroz uzoqlashib ularni yolg’iz qoldirishga qaror qildi.
: Yomon emas…. –Pichirlashdan biroz baland ovozda ma’lum qilgan qiz, ko’zlarini uning nigohidan olib qochiga harakat qilar edi. Taehyung u tomon yaqinlashib borar ekan, qizning yuzini katta kaftlari orasiga olib nigohlarni birlashtirdi.
— Bu galgi bezoriliging senga qimmatga tushishiga amin bo’l. – Barmoqlari qizning yuzini erkalagan ko’yi Taehyung qizga tahdid qilganday bo’ldi.
— Yo’q shunchaki keyingi bo’ladigan ishlar uchun ogohlantirish deb qabul qil,
–Yigit peshonasini qizniki bilan birlashtirdi va ko’zlarini yumdi. Bundan biroz hayratda qolgan Yujin, shunchaki uning qisqa masofada turgan yuzini sinchiklab kuzatib turar edi.
— Meni havosiz qoldirishingga oz qoldi.
: bas qil, Taehyung… –qizning ovozi juda ham past, Taehyung bu inkorni chorlov kabi qabul qilganday lablarini qizniki bilan birlashtirdi. Yujinning yuzidan bir tomchi yosh sirg’alib tushar ekan, yigit shunchaki chuqurlashish bilan qizni kislarodsiz qoldirar edi. Taehyungni qo’llari qizning tanasini o’rganish bilan band edi. Belidan ushlab biroz ko’targancha ustiga o’tkazgan yigit, uni oyoqlarini ehtiyotkorlik bilan ikki yonga ajratib joyladi. Yujin go’yoki bunga javob qaytarishni istagan kabi lablarini biroz qimirlatar ekan, bu Taehyung uchun yetarlidek edi. Toki qizdagi hayollar qayta jonlanmagungacha. Yujin uning ko’ksiga kuchsiz urib to’xtatishga urundi. Taehyung ham kuchli so’rish va tilini qizning og’iz bo’shlig’iga qattiq iatrgancha, qizning lablaridan bo’g’iq nola chiqdi. Taehyung lablarida kichik tabassum bilan, ortga tortildi ammo qizni o’z tanasiga yaqinroq ushlagancha qo’yib yubormadi.
: Seni yomon ko’raman, Kim Taehyung.. –Taehyung qizning to’satdan aytkan gapidan jilmayishdan o’zini tiydi. Chunki qizning tanasi nima istayotganini yigit juda yaxshi his qilyapti. Hatto kiyimlar ustidan, qizning issiqligini sezayotgan yigit shunchaki uni jim kuzatib turdi. Uning ko’zlari yoshlangan, bo’sadan kegingi chuqur havo yutish uni yuzidagi qizarishni orttirib boryapti.
: Sen o’sha kompaniya lavozimi uchun, dadamni aldading…. –qizning yig’i aralash aytgan gapi, yigitni jilmayishini ortga qaytardi.
— Ochiqroq gapir, Yujin! –Taehyung qizning iyagidan ushlab yuqoriga ko’tardi. Yuzidan oqayotgan yoshlarni barmoqlari bilan yetarli darachada bosim bilan ammo og’riqsiz artib tashlagan yigit. Nima bo’layotganini tushunishga bor kuchi bilan harakat qilayotgandi. Nega Janob Shin bilan birdaniga orasi sovuqlashib qolgani, Yujin bilan orasidagi munosabat yaxshilanayotganda qizning bunchalar o’zgarib qolishi barchasining sababini bilaish Taehyung uchun muhum edi.
: Hammasi bila turib, mendan qayta so’rama!
— Menga qara ko’zlarimga qara, nega sababsiz menga qarab “ dadamni aldagansan” degan gapni aytyapsan. Men senga nima sababdan, jin urgur lavozim menda ekanini tushuntirganimni aniq eslayman. –Yujin uni ko’zlariga tikilib bir so’z demay shunchaki tikildi.
— Agar sen bilan oramizda shu kompaniya to’g’anoq bo’layotgan bo’lsa voz kechaman.
— Sen uchun barchasidan, voz kechaman. Ammo meni o’zingdan uzoqlashtirishni bas qil. Men senga bo’lgan hislarimni aytdim, buni qabul qilasanmi yoki yo’q, bu meni ortga chekinishimga sabab bo’lmaydi. Sen menga tegishlisan, sen menikisan. Buni qabul qilishing kerak, seni atrofingdagi insonlar ham buni qabul qilishga majbur. Agar oilangdagi biror kim qarshilik bildirsa qo’limdan kelgan barcha ishni qilaman. Senga erishish uchun, menda nima bo’lsa borini berishga tayyorman. –Taehyungning har bir gapirishi qizning yuzini tutgan qo’llari qattiqlashishiga olib keldi. Tanasidagi tomirlar bo’rtib chiqishi va undagi egalik qizni biroz qo’rqitgandey edi.
: Tanam og’riyapti…. –Qiz hayotida birinchi bor kimgadur, og’rig’ini aytdi. Doim hammasi yaxshi deydigan inson uchun, bu so’zni aytish juda qiyin edi. Ammo tilidan bu so’zlar shunchaki yengil yangradiki, barcha hammasi joyida so’zining og’riqlari Taehyungga yetib bordi. Yigit qizning peshonasiga lablarini bosib, yotoqqa qayta yotqizdi. Oyoqlarini sekinlik bilan, joylar ekan, tirniqlardagi ko’karishlar u uchun ham og’riq edi. Xonaga hamshiralardan biri kirib keldi,
: Miss Yujin o’zingizni qanday his qilyapsiz. Og’riqlar bormi? –Yujinnig ko’zlari faqta Taehyungga tikilgan edi. Yigit qiz uchun o’zi javob berdi.
: Oyim sen bilan qolishimga ruxsat berganiga hayronman. Dadamga ikki kundan so’ng javob berishar ekan. Men ham shifoxonada qolsam bo’lar edi. – Taehyung yo’ldan ko’zlari uzmagan holatda, jilmayib qo’ydi.
— Menimcha Shin xonimga yoqib qoldim.
: Bas qilsangchi? Oyim barchaga shunday mexribon.
— Qizini ishonadigan darajada emas deb o’ylayman.
: Balki…. –Yujin jilmayishdan o’zini qaytargancha lablarini tishladi va yuzini oyna tomon burib oldi.
— Lablaringni tishlashda davom et, Londonlik bezor. Keyingi bo’ladigan ishlarga javob bera olmayman.